Özbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Şuhrat Xolmuhamedov 21 may kuni Dohaga taşrif buyurib, Qatar boş vaziri örinbosari va mudofaa işlari böyiça davlat vaziri şayx Saud bin Abdulrahmon bin Hassan Ol Soniy bilan uçraşdi.
Vazirlik xabariga köra, uçraşuv davomida mintaqadagi xavfsizlik sohasidagi sönggi özgarişlar va yangiliklar körib çiqilgan; mavjud şaroitlar hisobga olingan holda harbiy hamkorlik va qöşma muvofiqlaştiriş jihatlari muhokama qilingan.

Uçraşuv yakunida Özbekiston va Qatar örtasida harbiy hamkorlik böyiça özaro anglaşuv memorandumi imzolandi, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, Qatar 2023 yilda Özbekistonda öz elçixonasini oçgan edi.

















