2019 yilning dekabrida Xitoy Xalq Respublikasi patent idorasi ÖzR FA Genomika va bioinformatika markazi olimlari tomonidan yaratilgan paxta genlarini nokaut qiliş (öçiriş) innovatsion texnologiyasi böyiça patent arizasini tasdiqladi. 

Innovatsion rivojlaniş vazirligi xabariga köra, özbekistonlik olimlar işlab çiqqan paxta genini nokaut qiliş texnologiyasi Özbekiston, AQŞ, Misr va Rossiyada patentlar hamda xalqaro RCT patentini olgan. Yana bir patent jahon miqyosida litsenziyalaş imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

Xitoy paxta işlab çiqariş va undan foydalaniş böyiça jahonda yetakçilardan biri hisoblanadi. Bundan taşqari, Xitoy paxtaning yuqori sifatli va haşarotlarga çidamli hamda yangi patogen navlarini yaratişda zamonaviy biotexnologik usullardan keng foydalanmoqda. Şuning uçun ham olimlarimiz texnologiyasi uçun Xitoyda patent olinişi tijoratlaştiriş uçun katta imkoniyatlarni oçadi.

Paxta genlarining nokaut (öçiriş) texnologiyasi oltinçi avlod innovatsion texnologiyasi hisoblanadi. U 2008 yilda özbek olimlari tomonidan ixtiro qilingan bölib, Özbekiston hukumati kömagida olib borilgan keyingi tadqiqotlar “Porloq“ ğöza turkumidagi yuqori hosilli, barvaqt pişuvçi, uzun tolali, qurğoqçilikka va tuzga çidamli biotexnologik navlarning yaratilişiga olib keldi. Mazkur texnologiya dunyoda ilk bora paxtaning bir vaqtning özida bir neçta qimmatli xususiyatlarini takomillaştiriş imkonini berdi. Aynan muayyan navning bir neçta xususiyatlarini bir paytning özida özgartiriş paxta seleksiyasida asosiy muammo hisoblanadi. Natijada yangi navlarning örtaça hosildorligi gektariga 40 sentnerga yetdi, 4.2 mikroneyrli, -37.9 (Str) pişiqlikdagi va tola uzunligiga 38-40 mm bölgan yuqori sifatli tola oliş imkonini berdi.