Özbekistonda karantin davrida pensioner va nafaqaxörlarning salomatligini saqlaş maqsadida, şuningdek, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tavsiyalariga köra respublikadagi epidemiologik holat barqarorlaşgunga qadar may oyidan pensiya va nafaqalarni töliqligiça plastik kartalarga ötkaziş orqali amalga oşiriş çoralari köriladi. Bu Respublika maxsus komissiyasi va Maxsus ştabning 2020 yil 14 apreldagi qöşma yiğilişi qaroriga asosan koronavirus infeksiyasi keng tarqalişining oldini oliş va e'lon qilingan karantin talablariga qat'iy rioya etilişini ta'minlaşga qaratilgan çoralarda közda tutilgan.
Ma'lum qilinişiça, barça hududlar naqd pul oliş imkonini beruvçi bankomatlar bilan hamda ular naqd pul bilan ta'minlanadi.
Naqd pullar saqlanadigan pul omborxonalari va qayta sanaş kassalari haftada 2 marta dezinfeksiya qilinadi.
Qöşma qarorga muvofiq, karantin davrida nogironlik muddati tugaydigan fuqarolarni qayta körikdan ötkazmasdan, nogironlik muddatlari avtomatik tarzda uzaytirilgan holda pensiya (nafaqa) tölovlari davom ettiriladi.
Şuningdek, karantin davrida pensiya va nafaqa (jumladan, dafn marosimi va bola tuğilganda beriladigan bir martalik nafaqa)larga huquqi paydo bölgan fuqarolarga, karantin tadbirlari tugagandan keyin 1 oy davomida Pensiya jamğarmasi tuman (şahar) bölimlariga murojaat etiş huquqi taqdim etiladi, bunda ularga pensiya (nafaqa)lar karantin çeklovlari davridagi huquqi paydo bölgan sanadan tayinlanadi.
Bank plastik kartalari va işonçnoma orqali pensiya (nafaqa) olayotgan hamda tayinlangan pensiya (nafaqa)ga bölgan huquqini tasdiqlaş muddati kelgan, şaxsni tasdiqlovçi hujjati (pasport) muddati tugagan fuqarolardan hujjat talab etmasdan, tölov muddatlari 4 oy muddatga uzaytiriladi.

















