2022 yil 1 yanvardan QQS tölovçilar va ustav jamğarmasida davlat uluşi 50 foizdan köp bölgan yuridik şaxslar uçun asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga oliş hamda öz ustav fondini şakllantiriş va kamaytiriş bilan boğliq barça operatsiyalarni DSQning E-aktiv avtomatlaştirilgan axborot tizimida aks ettiriş majburiy böladi.
Hukumat qaroriga köra, E-aktiv'ga quyidagi ma’lumotlar kiritilişi lozim:
- hisobga qöyiş (xarid qiliş, quriş), yölga qöyiş, qayta baholaş va AV obektlari, nomoddiy aktivlarni va TMRni boşqariş, şuningdek, ustav fondini şakllantiriş va kamaytiriş bilan boğliq barça operatsiyalar;
- öz qiymatini yöqotişi (yaroqsizligi, saqlaş muddatining ötişi, jismoniy va ma’naviy eskirişi, yetişmovçiligi, yöqotilişi, zarar körişi) tufayli xöjalik faoliyati jarayonida TMRni hisobdan çiqariş – 3 iş kuni mobaynida.
Bu tizim nega kerak?
Tizim tadbirkorlik sub’yektlariga:
— onlayn rejimda, ombordagi mahsulotlar hisob-kitobini yuritiş, uning kirimi va qoldiğini nazorat qiliş;
— bitta yoki bir neçta elektron omborlar barpo etiş hamda ularning har biri böyiça alohida hisobini yuritiş imkonini beradi.
Nazorat qiluvçi organlarga, jumladan, DSQ:
— kirim qilinmagan tovarlarni sotiş holatlarini bartaraf etiş;
— tovarlar realizatsiyasini nazorat qiliş, şu orqali yaşirin iqtisodiyotni qisqartirişga yordam beradi.
Norozi hisobçilar nima deydi?
Uşbu yangilikni köplab korxonalar hisobçilari yaxşi kayfiyat bilan kutib olmadi. Ijtimoiy tarmoqlarda E-aktiv tizimi bilan boğliq yangilik hisobçilar örtasida muhokamalarga sabab böldi. Ular tomonidan bildirilgan ayrim fikrlarni keltirib ötamiz:
— “Yaşirin iqtisodiyotni qisqartiriş uçun har xil byurokratik tartiblarni köpaytiriş örniga, soliqlarni adolatli qiliş kerak, tamom”.
— “Barça tovar-moddiy boyliklarni keça-yu kunduz dasturlarga kiritamiz. Özi buxgalterlar oddiy iş va hisobotlarni bajarişga vaqt topolmaydilar. Bayramlar va dam oliş kunlari, xayr!”

















