Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov, prezident adminstratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov va boş vazir örinbosari Zoir Mirzayev raisligida 2018 yilgi paxta hosilini yiğib-terib oliş işlarini jadallaştiriş böyiça navbatdagi selektor yiğilişi ötkazildi.
«Kun.uz» manbasi ma'lum qilişiça, selektor davomida respublikada davlatga paxta topşiriş rejasini 100 foizga bajargan ilk tumanlar nomi e'lon qilingan. Ma'lum bölişiça, 21 oktabr holatiga kelib, respublika böyiça 3ta tuman rejani bajargan.
Marraga birinçi bölib, Namangan viloyati Çust tumani yetib kelgan. Şuningdek, Farğona viloyatining Rişton hamda Andijon viloyatining Paxtaobod tumanlari paxta rejasini töldirgan.
Özbekiston boş vaziri bu tumanlarda sektorlar rahbarlari (tuman hokimi, tuman prokurori, tuman IIB boşliği va tuman DSI boşliği) 20 million sömdan pul mukofotlari bilan rağbatlantirilişini ma'lum qilgan.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan bu mahalliy rahbarlarga minnatdorçilik bildirilgan.
Şuningdek, paxta rejasini birinçilardan bölib bajargan 10 tuman içida böladigan keyingi 7 tuman rahbarlariga ham 20 million sömdan mukofot puli va'da qilingan. Keyingi öntalikda böladigan tuman rahbarlari esa 15 million sömdan, öttiztalik içida böladigan oxirgi 10 tuman rahbarlari esa 10 million sömdan mukofot puli olişadi.
Ma'lumot uçun, 2018 yil hosilidan tayyorlangan paxta xomaşyosi töğrisidagi 21 oktabr kungi ma'lumotlarga köra, ayni vaqtda Andijon viloyati peşqadamlik qilmoqda. Andijonliklar davlatga paxta topşiriş rejasini 80 foizdan oşirişdi. Keyingi örinlarda Farğona (78,87) va Buxoro (78,30) viloyatlari borişmoqda. Samarqand (52,31) va Toşkent (50,69) viloyatlari oxirgi örinlarda qolişgan. Respublikaning umumiy rejasi 66,47 foizga yetgan.



















