Bişkekda Özbekiston va Qirğiziston prezidentlari iştirokida kengaytirilgan tarkibdagi yiğiliş bölib ötdi. Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev çegara masalasi hal qilinişidagi sa’y-harakatlari uçun Qirğiziston rahbariga minnatdorçilik bildirdi.

«Biz har bir masalani har tomonlama puxta, şoşilmasdan körib çiqdik. Va bizda endi heç qanday muammoli savollar  yöq.

Qirğiziston va Özbekiston mustaqilligining 31 yili davomida tarixda birinçi marta bunday darajadagi munosabatlarga erişdi. Hamkasbim Sadir Nurgojayeviçga şaxsan qöllab-quvvatlagani uçun alohida minnatdorçilik bildirmoqçiman. 

Çegara masalalarida ham uning siyosiy irodasi bölmaganida, natijaga erişmagan bölardik. Xuddi avvalgidek: «Ha, qilamiz, lekin ertaga va indinga...» deyiş mumkin edi. Ammo «ertaga» deyiş bilan 30 yil ötdi va biz bu masalalarni hal qilganimiz yöq. Şuning uçun, ayniqsa, Qirğiziston prezidentiga yana bir bor öz minnatdorçiligimni bildirmoqçiman», dedi Özbekiston rahbari.

Şundan söng ikki mamlakat delegatsiyalari rahbarlari, hukumat vakillari iştirokida hujjatlarni almaşiş marosimi ötkazildi.

Özbekiston prezidentining Qirğizistonga davlat taşrifi doirasida almaşinilgan ikki tomonlama hujjatlar:
 
1. Özbekiston va Qirğiziston örtasida har tomonlama strategik şeriklik töğrisida Deklaratsiya;
 
2. Özbekiston va Qirğiziston örtasida özbek-qirğiz davlat çegarasining alohida uçastkalari töğrisidagi şartnomaning ratifikatsiya yorliqlarini almaşiş töğrisida Bayonnoma;

3. Özbekiston hukumati va Qirğiziston Vazirlar Mahkamasi örtasida favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va bartaraf etiş töğrisida Bitim;

4. 2006 yil 3 oktyabrda imzolangan Özbekiston va Qirğiziston hukumatlari örtasida fuqarolarning özaro borib-kelişlari töğrisidagi Bitimga özgartirişlar kiritiş töğrisida Bayonnoma;

5. Özbekiston va Qirğiziston Vazirlar Mahkamasi örtasida Qirğiziston Respublikasida avtomobil va tijorat texnikasi işlab çiqarişni yölga qöyiş böyiça hamkorlik töğrisida Bitim;

6. 2017 yil 6 sentabrda imzolangan Özbekiston Respublikasining çegaraoldi viloyatlari hokimlari va Qirğiziston Respublikasi hukumatining çegaraoldi viloyatlarining vakolatli vakillari Kengaşini taşkil etiş töğrisida Anglaşuv memorandumiga özgartirişlar kiritiş töğrisida Bayonnoma;