Markaziy bank boshqarma boshlig‘i Husanxo‘ja Obidov 4 aprel kuni brifingda shu savolga javob berdi.

«Banklar tomonidan respublika miqyosida jami 5 mingdan ortiq bankomat joylarga o‘rnatilgan bo‘lib, ulardan 948tasi cash in/out funksiyali bankomatlar hisoblanadi.

Ularning 548 donasi — Uzcard tizimi bankomatlari, 400tasi — «HUMO» tizimi bankomatlari.

Mazkur bankomatlar orqali mijozlar naqd pul mablag‘larini bank kartalariga kirim qilish imkoniyatiga ega», – degan Obidovning javobini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ma'lumot uchun, Markaziy bank rasmiy saytining tegishli sahifasidan eng yaqin bankomat qayerdaligini va unda «cash-in» funksiyasi bor-yo‘qligini bilib olish mumkin.