Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov Qöqon davlat pedagogika institutidagi holat yuzasidan ötkazilgan sud işi haqida rasmiy axborot berdi. Unga köra, institut birinçi prorektori hamda institutning ta’lim texnologiyalari markazi xodimlariga jarima jazosi qöllangan. 

Ma’lum qilinişiça, jinoyat işlari böyiça Qöqon şahar sudining 5 maydagi qarori bilan Qöqon davlat pedagogika institutining yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça birinçi prorektori O.B. MJtKning 46-1-moddasida (şaxsiy hayot daxlsizligini buziş) körsatilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan. Unga bazaviy hisoblaş miqdorining ön beş baravari miqdorida, ya’ni 4,5 mln söm jarima jazosi tayinlangan.

Şuningdek, institutning ta’lim texnologiyalari markazi xodimlari A.M., B.O. va bölim boşliği R.M. ham MJtKning 46-1-moddasida körsatilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, ularning har biri bazaviy hisoblaş miqdorining ön baravari miqdorida (3 mln söm) jarima jazosiga tortilgan. 

2023 yil aprel oyi boşida Qöqon davlat pedagogika instituti yotoqxonasining talaba qizlari yaşovçi xonasiga yaşirin kamera örnatilgani aniqlangandi. Qizlar bu haqda prorektor va rektorga arz qilib, özlari baloga qolib ketay deyişgan.

Holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari orasida qattiq muhokamalarga sabab bölgaç, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi va QDPI özining rasmiy munosabatini e’lon qildi. Jumladan, QDPI öz bayonotida rektorning buyruği asosida talabalarning psixologik muammolari bilan işlaş uçun maxsus xona taşkil qilinayotgani va şu munosabat bilan kamera örnatilganini ma’lum qilgan.