Biroq, ayni paytga kelib koronavirus infeksiyasi bilan zararlangani rasman tasdiqlangan 50 691 kişi muvaffaqiyatli davolandi.
14 kundirki soğayayotgan bemorlar soni yangi qayd etilgan holatlarga nisbatan oşib bormoqda.
Şu bilan birga, dunyo olimlarining bor kuç bilan harakat qilişlariga qaramay, virusga qarşi vaksina hamon mavjud emas.
Bir vaqtning özida AQŞ va boşqa mamlakatlardagi bir neçta kompaniyalar siçqonlar va dengiz çöçqalari ustida tajriba ötkazişmoqda, ammo vaksinani odamda sinab köriş aprel oyidan erta yuz bermaydi va uning samaradorligini tasdiqlaş hamda barça byurokratik rasmiyatçiliklar bajarilişiga faqat yil oxiriga borib erişilişi mumkin.
Xöş, qanday qilib bemorlar şu qadar muvaffaqiyatli davolanmoqda?
Umumiy strategiya: arbidol
Koronavirus epidemiyasi boşlangandan buyon köplab dorilar sinab körildi — asosan simptomatik yöl orqali, ya'ni kasallikning öziga emas, balki uning tipik körinişlariga qarşi.
Şuni ta'kidlaş kerakki, Covid-19’ning öziga xos alomatlari yöq — bu ma'noda kasallik şamollaş yoki gripp kabi boşqa respirator virusli infeksiyalardan unçalik farq qilmaydi va u xuddi şu tarzda öpka yalliğlanişiga ham aylanişi mumkin.
Deyarli barça bemorlarda isitma, umumiy holsizlik rivojlanadi, ularning 60 foizida quruq yötal boşlanadi. Taxminan bemorlarning uçdan bir qismi muşak oğriği va nafas qisilişidan şikoyat qiladi, vaholanki bu alomatlar kasallik boşlanganidan keyingi qariyb beşinçi kuni paydo böladi.
Boş va tomoq oğriği faqat bir neça bemorda kuzatilgan.
Fevral oyi örtalarida Lancet tibbiy jurnalida yötal, titroq yoki tomoq oğriğidan şikoyat qilayotgan bemorlarni davolaş uçun şaxsiy algoritmini işlab çiqqan xitoylik şifokorlarning xati naşr etildi. Umumiy qon tekşiruvi va kökrak qafasi kompyuter tomografiyasidan söng, bemorlar virusli pnevmoniya va koronavirusning öziga tekşiriladi.
Agar natija salbiy bölsa, bemorga standart antibiotiklar buyuriladi — azitromitsin yoki amoksitsillin. Agar ijobiy bölsa, bemor izolyatsiya qilinadi va respirator ftorxinolonlar va arbidol bilan davolanadi.





















