Avvalroq «Strause House» MÇJ ta'sisçisi Ibrohim Isroilov Özbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan gumon qilinuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb qilinib, unga nisbatan «qamoqqa oliş» ehtiyot çorasi qöllangani haqida xabar berilgan edi.

Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentidan olingan ma'lumotga köra, hozirgi kunda «Strause House» MÇJ ta'sisçisi Ibrohim Isroilovga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan ayblov e'lon kilingan. Dastlabki tergov davomida «Straus House» MÇJ hisob raqamiga 2018 yilning dekabr oyidan 2019 yilning avgust oyiga qadar mijozlardan jami 15 mlrd. sömga yaqin pul mablağlari kirim qilingan. Kirim qilingan pul mablağlarining 4,5 mlrd. söm qismi jamiyat ta'sisçi I.Isroilovning şaxsiy plastik kartoçkasiga qarz sifatida ötkazilib, bu mablağlarning bir qismini muqaddam sodir etgan firibgarlik jinoyati böyiça moddiy zararni qoplaşga, özi uçun 1 dona «Malibu 2» va 2 dona «Lasetti» rusumdagi avtomaşinalar sotib olişga, Turkiya, BAA, Eron, Tailand, Malayziya, Rossiya Federatsiyasi va Ukraina davlatlariga borib dam oliş va özining boşqa ehtiyojlari uçun sarflab yuborgani aniqlangan.

Şuningdek, Ibrohim Isroilovning OAVdagi çiqişlaridan birida «Straus House»ning karantin zonasida 5 ming dona tuyaquş jöjalari saqlanayotgani haqida xabar bergan. Örganişlar natijasida uşbu ma'lumotlar öz tasdiğini topmagan. Mavjud 500ga yaqin jöjalar Özbekistonda tuyaquş yetiştiruvçi korxonalardan olingani ma'lum bölgan. Kompaniya ta'sisçisining kelasi yillarda eksport qilişni rejalaştirayotgani haqidagi va'dalari böyiça ham tekşiruvlar ötkazilgan. Biroq örganişlarda kompaniya bunday (eksport) salohiyatga ega emasligi aniqlangan.

Olib borilayotgan dastlabki tergov jarayonlarida I.Isroilov tomonidan jinoiy yöllar bilan qölga kiritilgan mablağlar evaziga sotib olingan avtotransport vositalari, köçmas mulk obektlari va qimmatbaho buyumlarni aniqlaşga qaratilgan tadbirlar amalga oşirilmokda, ularning barçasi jabrlanuvçilarga yetkazilgan moddiy va ma'naviy zararlarni qoplaşga qaratiladi.

Hozirda jinoyat işi böyiça «Straus House» MÇJ moliyaviy xöjalik faoliyati yuzasidan tekşirişlar ötkazilmoqda. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.