Toşkent şahridagi 115 ta çorrahaga harakatlaniş xavfsizligi yönalişidagi işlar samaradorligini oşiriş maqsadida video kuzatuv moslamalari örnatilgan va tizim sinov tariqasida faoliyat körsatayotgan edi.
Endilikda, şu yilning 15 mart kunidan e'tiboran, uşbu videokameralar tomonidan qayd etilgan qoidabuzarliklar uçun haydovçilarni jarimaga tortiş tizimi sinov tariqasida işga tuşiriladi. Bu haqda IIV Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi boşliği polkovnik Xolmatjon Saydaliyev ma'lum qilgan.
Şu bilan birga, kameralar qayd etgan qoidabuzarliklar uçun jarima tölaş haqidagi qaror çiqarilgaç, avtomobil egasi 60 kun içida mablağni tölaşi kerak böladi. Ta'kidlanişiça, 15 martdan e'tiboran kameralar qayd qilgan qoidabuzarliklar böyiça jarima qoğozlari transport vositasining egasiga yuboriladi. Agar, transport vositasining egasi avtomobilni ijaraga berganini isbotlasa, maşinani boşqargan şaxs jarimaga tortiladi. Yuridik şaxslarga tegişli avtomobillar qoida buzgani aniqlansa, öşa transport vositasidan foydalaniş uçun mas'ul bölgan şaxsga jarimaga solinadi.
“Sinov tariqasida işga tuşirilişining sababi şundaki, bu yangilik bizda ilk bor qöllanilayapti. 15 mart kunidan boşlab, qoidabuzarliklar uçun jarima soliş töğrisidagi qaror transport vositasining egasiga jönatiladi. Aynan mana şu iş jarayonida tizimdagi texnikalarning işlaşini nazorat qilib olamiz. Yuzaga keladigan muammolar va kamçiliklarni bartaraf etiş çoralarini köramiz”, - deydi IIV Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi boşliği.
Çorrahalardan olingan barça ma'lumotlar Markaziy dispetçerlik xizmatiga uzatiladi va bu yerdagi elektron tablo hamda videomonitorlarga çiqariladi.
Tizimga kiritilgan çorrahalardagi svetoforlar ham detektorlardan harakat oqimi töğrisida olingan ma'lumotlarni qayta işlaş orqali avtomatik tarzda boşqariladi.
Şuningdek, svetoforlar iş faoliyatini optimallaştiriş natijasida yöllarning ötkazuvçanlik qobiliyati oşiriladi. Natijada transport vositalarining çorrahalar oldida töxtab turişini 20-25 foizga, transport vositalari dvigatellaridan çiqayotgan zaharli gazlarni 5-10 foizga, yonilği sarfini 5-15 foizga kamayişi hisobiga şahardagi ekologik holat ança yaxşilanadi.
Eslatib ötamiz, 2016 yil boşidan Toşkent şahridagi 39ta çorrahada kameralar sinov tariqasida qoidabuzarliklarni qayd etib kelayotgandi. 2017 yil 9 fevralida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev IIV xodimlari bilan uçraşuvida Toşkent çorrahalaridagi videokuzatuv tizimini qisqa muddatda işga tuşiriş vazifasini topşirgan edi.

















