O‘zbekistonda import qilingan benzin uchun aksiz solig‘i stavkasi keskin oshirilishi kutilmoqda. Kun.uz`ning hukumatdagi manbasiga ko‘ra, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Tarif va notarif tartibga solish bo‘yicha kengash import qilinadigan tayyor neft mahsulotlariga (AI-80, AI-91 va AI-92) qo‘yilgan aksiz solig‘ini uch baravar oshirishni taklif qilgan.
Ushbu soliqning amaldagi stavkasi – 5 foiz. Bundan oldin «O‘zbekneftgaz» AJ ham bu stavkani oshirib, 20 foiz etib belgilashni taklif qilgani ma'lum bo‘lgandi.
Kun.uz manbasining ma'lum qilishicha, Tarif va notarif tartibga solish bo‘yicha kengash mahalliy ishlab chiqariladigan neft mahsulotlari uchun xom-ashyo import qilishda aksiz solig‘ini 0 foizda qoldirish taklifini bildirgan.
Ma'lumot uchun, Tarif va notarif tartibga solish kengashiga Investitsiya va tashqi savdo vaziri raislik qiladi. Kengashga bir nechta vazirlarning o‘rinbosarlari, Markaziy bank va qator davlat qo‘mitalari raislarining o‘rinbosarlari va boshqa bir nechta idoralar rahbariyati vakillari kiritilgan. Kengashga ichki va tashqi bozorlarda yuzaga kelayotgan vaziyatdan kelib chiqib, tarif va notarif tartibga solish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.
Moliya vazirligining tushuntirishicha, bugungi kunda ishlab chiqarilgan neft mahsulotlari va import bo‘yicha aksiz solig‘i stavkalari bir-biridan farq qiladi.
«Shunday qilib, agar AI-92 rusumli 1 tonna benzin ishlab chiqaruvchilari 250 ming so‘m aksiz solig‘ini to‘lasalar, import qiluvchilar ushbu benzin markasining bojxona qiymatining 5 foiz miqdorida aksiz solig‘ini to‘laydilar, bu esa 1 tonna import benzini 240 AQSh dollari qiymatida 121 500 so‘mni tashkil etadi
Yil boshida narxlar mutlaq jihatidan import va mamlakat ichida to‘langan aksiz solig‘i miqdori bir xil edi», – deyiladi Moliya vazirligi xabarida.
Qayd etilishicha, Moliya vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda aksiz solig‘i stavkalarini birxillashtirish ishlari doirasida import va neft mahsulotlari ishlab chiqarishda















