Ijtimoiy tarmoqlarda «Özbekneftgaz» AI-80, AI-91 va AI-92 markali import benzinga aksizni 5 foizdan 20 foizga oşirişni taklif qilgan hujjat surati tarqaldi.
Jamiyat boşqaruvi raisi örinbosari Uluğbek Aşurov tomoni Energetika vazirligiga yuborilgan maktubda import qilinayotgan tayyor neft mahsulotlarining alohida turlariga aksiz soliğini qayta körib çiqiş «maqsadga muvofiq» ekani aytiladi.
Bu çora «import xarajatlarini kamaytiriş yöli orqali respublika iste'molçilarini maqbul narxlardagi neft mahsulotlari bilan ta'minlaş» va «respublika hududida neft mahsulotlari işlab çiqarişni jadallaştiriş» vajlari bilan izohlangan.
Uluğbek Aşurov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda uşbu hujjat haqiqiyligini tasdiqladi.
«Hujjat haqiqiy. «Özbekneftgaz» AJ tomonidan 7 may kuni Energetika vazirligiga takliflar berilgan. Uşbu takliflar birinçi navbatda hozirgi kundagi bozorning ahvolidan kelib çiqib tayyorlangan.
Butun dunyoda pandemiya avj olişi barça sohalarga, jumladan, neft bozorlariga, neft mahsulotlari savdosiga özining ta'sirini körsatmoqda.
Şuni oçiq-oydin aytişimiz kerak, hozirgi şaroitda davlatlar tomonidan özlarining işlab çiqaruvçilarini himoyalaş maqsadida import qilinadigan mahsulotlarga judayam köplab çeklovlar kiritilmoqda.
Masalan, Rossiya Federatsiyasi dunyo miqyosida eng köp neft qazib oladigan davlat bölişiga qaramasdan, içki bozorni himoyalaş maqsadida tayyor neft mahsulotlari importini çeklaş böyiça qarorlar qabul qilgan. Uşbu qarorlar vaqtinçalik xarakterga ega.
Biz ham mahalliy işlab çiqaruvçilarning mavjud quvvatlarini maksimal darajada işlatiş maqsadida neft mahsulotlari xomaşyosini olib kiriş uçun joriy etilgan aksiz soliğini bekor qilişni taklif qilganmiz. Bu orqali xorijdan neft mahsulotlarini xomaşyo körinişida olib kelib, tayyor mahsulotni Özbekistonning özida işlab çiqarişni rağbatlantiriş közda tutilgan», – dedi «Özbekneftgaz» boşqaruvi raisi örinbosari.

– Hujjat mazmuniga köra, «Özbekneftgaz» Özbekistonga import orqali olib kelinadigan AI-80, AI-91 va AI-92 markali benzin uçun aksiz soliğini 5 foizdan 20 foizga oşirişni taklif qilmoqda. Nima uçun bunday qarorga kelinmoqda?












