Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdan Qozonga uchgan samolyot dvigateldagi nosozlikka qaramay, muvaffaqiyatli qo‘ndi
«Uzbekistan airways» aviakompaniyasiga tegishli Airbus A320 samolyoti Toshkent shahridan Rossiyaning Qozon shahriga parvozni amalga oshirayotgan vaqtda qo‘nish oldidan dvigateldagi nosozlik haqida xabar bergan. Bu haqda «AVIAINCIDENT» Telegram-kanali xabar bermoqda.
Manbada aytilishicha, 7 yanvar kuni Qozonga UZB9649 reysni amalga oshirayotgan UK32012 raqamli uchoq mahalliy vaqt bilan 19:40 da dvigatellardan biri ishlamay qolgani haqida xabar berib, 2700 fut balandlikda uchishga ruxsat so‘raydi.
Soat 19:43 da Qozon aerodromiga samolyotni qo‘ndirish mumkinligi habar qilinadi. 19:49 da Qozon aerodromida qutqaruv trevogasi chalinadi. 19:57 da uchuvchilar dvigateldagi nosozlikka qaramay, samolyotni Qozon aerodromiga muvaffaqiyatli qo‘ndirishadi. Shundan keyin trevoga bekor qilindi.

Flighradar24 portalida ushbu reys haqida berilgan ma’lumotda samolyot chindan 19:57 da Qozonga qo‘ngani ko‘rinadi. Parvoz xaritasida esa uchoq qo‘nish oldidan osmonda bir marta aylanganini ko‘rish mumkin.
Mavzuga oid
20:36 / 30.12.2025
2025 yilda yo‘lovchilar O‘zbekiston aeroportlaridan eng ko‘p parvoz qilgan yo‘nalishlar ma’lum bo‘ldi
22:46 / 29.12.2025
Istanbuldan Samarqandga uchgan samolyot mast yo‘lovchi tufayli favqulodda qo‘ndi
18:08 / 24.12.2025
Qishki ta’til oldidan qo‘shimcha avia va poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
19:28 / 22.12.2025