2020 yilda 106 ming gektar yer hokimliklar tomonidan noqonuniy ajratilgan – Bosh prokuratura
2020 yilda hokimlarning 106 ming gektar yer maydonini ajratish to‘g‘risidagi qonunga zid qarorlari bekor qilingan. Bu haqda O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev Senat yalpi majlisidagi hisobotida ma'lum qildi.
«Ayni paytda qonunni buzgan 547 nafar mansabdor intizomiy va ma'muriy javobgarlikka tortildi. Yerlarni talon-toroj qilish bilan bog‘liq 359ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, aybdor shaxslarning javobgarlik masalasi qat'iy hal qilindi.
Misol uchun, Qibray tumani hokimining o‘rinbosari Mashrabov “Flower City” jamiyati rahbari Ahmedovga qariyb 10 gektar yer ajratib berish evaziga 15 ming dollar pora olgan. Bundan tashqari, Mashrabov o‘zi tashkil qilgan “Sano Mega Stroy” jamiyatiga tumanning turli hududlaridan jami 10 gektar yerni go‘yoki issiqxona uchun ajratish va sabzavotchilikni yo‘lga qo‘yish maqsadida ajratilishiga erishib, keyinchalik ushbu yer maydonlarini 60 ming dollarga sotib yuborgan.
Yoki Zangiota tumanida “Semurg‘” fermer xo‘jaligi boshqaruvchisi Tohirov fuqaro Petryakovga 70 sotix sug‘oriladigan yerni 380 ming dollarga sotishga kelishib, 50 ming dollarni olganida jinoyat ustida ushlandi. Albatta, qonunni buzgan shaxslar qilmishiga yarasha jazolanadi. Yerdan foydalanishdagi mavjud ahvol o‘tgan yili parlament, prezident administratsiyasi va hukumat a'zolari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari hamda viloyat, tuman va shahar hokimlari ishtirokida keskin tanqidiy muhokama qilinib, zarur chora-tadbirlar belgilab olindi», deya Nig‘matilla Yo‘ldoshevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Avvalroq, 2020 yil 15 oktyabr kuni o‘tkazilgan prezident selektorida yer sotayotgan vaqtida ushlangan amaldorlar haqida ma'lumot berilgan, jumladan, Qibray tumani hokimining investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari J.Mashrabov 11 iyun kuni Qibray tumanidan 9 gektar bo‘sh yer maydonini 60 ming dollarga sotishni taklif qilib, 35 000 dollarga sotayotgan vaqtda qo‘lga olingani aytilgan edi.
Shuningdek, «Semurg‘» fermer xo‘jaligi boshqaruvchisining jinoiy qilmishi haqida Nig‘matilla Yo‘ldoshev Bosh prokuraturada 2020 yil fevralda bo‘lib o‘tgan Yer maydonlaridan noqonuniy foydalanish va egallab olishning oldini olish bo‘yicha Respublika komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishida ham aytib o‘tgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2018-2019 yillarda 56 ming gektar yer hokimliklar tomonidan noqonuniy ajratilgani ma'lum qilingan edi. Bu yilgi raqamlar bir yil ichida bu boradagi qonunbuzarlik ko‘rsatkichi salkam ikki barobarga oshganini ko‘rsatmoqda.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
-
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
-
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda
O‘zbekiston | 23:11 / 18.04.2025
-
Polshada ilk bor ayol kishi F-16 qiruvchi samolyoti uchuvchisiga aylandi
Jahon | 23:09 / 18.04.2025
Mavzuga oid

14:29 / 21.12.2021
Qaysi viloyatlar hokimligi oldida hali ham panjaralar bor?

22:05 / 08.07.2021
Yer uchastkalarini investitsiya majburiyati bilan sotish amaliyoti to‘xtatiladi

11:02 / 15.06.2021
Hongkongda 5 gektar yer maydoni 7 milliard dollardan ko‘proqqa sotilishi mumkin

15:49 / 23.04.2021