Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda to‘rtta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Toyota Prado haydovchisi vafot etdi
Toyota Prado mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan uchta mashina bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Toshkent tumanida to‘rtta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Toshkent viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa bugun 2024 yil 24 may kuni soat 08:00 larda ro‘y bergan.
31 yoshli haydovchi Toyota Prado mashinasi bilan Toshkent tumani hududidan o‘tgan 4R-4 “Toshkent-Keles-Qozoqkensoy” avtomobil yo‘lida ketayotib boshqaruvni yo‘qotgan.
So‘ng qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va ro‘paradan kelayotgan Cobalt, Damas va Spark avtomobillari bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Oqibatda, Toyota Prado haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Qolgan haydovchilar tuman markaziy shifoxonasiga olib borilib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid
14:02 / 09.06.2026
Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
13:47 / 09.06.2026
Navoiyda Tico yuk mashinasi yo‘liga chiqib ketdi
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
15:21 / 03.06.2026