Kun.uz tahririyatiga Rossiyadagi qamoqxonadan majburiy uruşga yuborilgan özbekistonlikning murojaati kelib tuşdi. 26 yoşli Şohrux Otaxonov Xorazm viloyatida tuğilgan, 2017 yildan Rossiyaga qatnab, quriliş sohasida işlagan va haydovçilik bilan şuğullanib kelgan.
U oxirgi marta 2022 yil avgustida işlaş uçun Moskvaga borgan. Özining aytişiça, 2022 yil noyabr oyida tojikistonlik yigitni taksida aeroportga olib ketayotganida Rossiya kuçişlatar tuzilmalari xodimlari tomonidan töxtatilgan, yölovçining yonidan 70 gramm miqdoridagi giyohvandlik moddasi topilgan. Uşbu hodisa ortidan Otaxonov ham aybdor deb topilgan hamda 2023 yil may oyida sud hukmi bilan 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. U jazoni Ulyanovskaya oblastidagi Dimitrovgrad şahrida, qattiq tartibli koloniyada ötagan.
«Men ötirgan koloniyada 200 dan ortiq özbek, 200 dan köproq qirğiz va tojiklar bor edi. Biz kelganimizdan keyin uç oy ötib, uruşga yuborişga tarğibot boşlandi. Dastlab qörqitişdi, yolğiz qamab qöyişdi, qamoqxona xodimiga hujum qilding deb «srok»ni köpaytiramiz, deyişdi. Haqiqatan ham uruşga bormayman deganlarga yana bir neça yil muddat qöşib berişdi. Mengaça jami 28 nafar özbekistonlik mahbus uruşga ketgandi.
Men koloniyada 1,5 yildan köproq yotdim, 2024 yil oxirida qandaydir hujjatga qöl qöydirişdi. Ertasi kuni mudofaa vazirligi xodimlari kelib bizga Rossiya pasportini körsatişdi, lekin qölimizga bermadi. Şu böyi Özbekiston pasportini ham, ruslar bergan hujjatni ham körmadik».

Şundan söng uni dastlab samolyotda, keyin poyezdda Ukrainaning Rossiya tomonidan qisman bosib olingan Luhansk oblastiga olib borişgan. Dimitrovgraddan Luhanskka qadar qariyb 1,5 ming kilometr masofa bor.
«Dekabr oyida bu yerga boşqa qamoqxonalardan ham özbeklar keldi. Bizga harbiy kiyimlar berişdi, uç kunda keyin Donetskdagi harbiy qismga olib borişdi. U yerda 1,5 oy «trenirovka» qildik. 2025 yil 1 fevraldan biz jangovar vazifalarni olib, uruşga çiqişni boşladik», deydi Şohrux.
«Haqiqiy uruşga çiqqanimizda heç narsa oçiq aytilmagan. Piyoda şturm qildik, ratsiyadan aytib turişardi qaysi binoga borişni. Lekin heç kim bilmaydi u yerda duşman bormi yoki pistirmami, tavakkal boramiz.
4 fevral kuni Donetsk oblastidagi Zaporijjya qişloği yaqinida tepamizdan dron hujum qilib, bomba taşladi. Oskolkalar menga ham tegdi, öşa joyda 18 fevralgaça qolib ketdim. Ukrain askarlaridan qolgan yeguliklar va quduqdagi iflos suvdan içib kun ötkazdik. Ob-havo tumanli bölib, dronlar uçmay qöyganidan keyin 4 kişi bölib harbiy qismga qaytib keldik. U yerda oskolka tekkan oyoğimga zelyonka va maz surişdi, qotgandan keyin yana jangga çiqarib yuborişdi: 20 kun bitta binoni qöriqladik. Jangdan qaytib, bormayman deganlarning özlarini otib taşlaşdi.


















