“Taraqqiyot strategiyasi” markazi 2023 yilgi davlat dasturiga oid prezident farmoni loyihasini jamoatçilik muhokamasi uçun e’lon qildi. Hujjatga ilova sifatida tasdiqlanadigan dastur loyihasi birozdan keyin e’lon qilinadi.
Farmon loyihasining 2-bandiga asosan, davlat xizmatlaridan foydalaniş yanada osonlaşişi kutilyapti.
2023 yil 1 iyuldan boşlab barça davlat organlari va taşkilotlarida “Aholi va tadbirkorlarga servis sifatini oşiriş” çora-tadbirlari belgilanişi mumkin.
Bunda mobil ilovalar orqali körsatiladigan xizmatlarni köpaytiriş, undiriladigan tölovlar miqdorini kamaytiriş, talab qilinadigan ortiqça hujjatlarni bekor qiliş, körib çiqiş jarayonlari va muddatlarini keskin qisqartiriş, şaffoflikni oşiriş, aholi va tadbirkorlar bilan doimiy muloqot maydonçalarini taşkil etiş, xodimlarning muomala madaniyatini yuksaltiriş, tezkor va sifatli xizmat körsatişga öqitiş kabilar közda tutiladi.
Yana 200 ta davlat xizmatini davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali körsatiş yölga qöyiladi. Natijada, elektron şaklda körsatiladigan davlat xizmatlari soni 73 foizga yetkaziladi. Hozirda esa, mavjud 770 dan ortiq davlat xizmatlaridan 262 tasi DXM, 370 tasi (50 foiz) YaIDXPda körsatilmoqda.
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari (nogironligi bölgan şaxslar, oğir bemorlar, keksalar va boşqalar)ga migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş sohasidagi davlat xizmatlarini doimiy yaşaş yoki vaqtinça turgan joyiga çiqiş orqali, körsatilgan xizmat uçun qöşimça tölov undirilmagan holda körsatiş yölga qöyiladi.
Elektr, gaz va suv sarfi hisoblagiçlarini qiyoslaşdan ötkaziş böyiça davlat xizmatlarini proaktiv tarzda (xizmat körsatuvçi taşkilotning öz taşabbusi bilan fuqaro murojaatini kutmasdan) körsatiş yölga qöyiladi. Natijada, yiliga örtaça 300 mingta ariza böyiça elektr, gaz va suv sarfi hisoblagiçini qiyoslaşdan ötkaziş xizmatlari proaktiv tarzda körsatilişi ta’minlanadi.

















