Ma’lum bölişiça, hokim yordamçisi tadbirkorlik sub’yekti tomonidan ta’minotçi sifatida fuqarolarga qurilayotgan 10 ta issiqxonaning qurilişi bitkazilmaganini bilaturib, ular uçun jami 330 million söm miqdoridagi pullarning tadbirkor boşqaruvidagi MÇJ hisobraqamiga ötkazilişi uçun yordam berişini aytgan.
Hokim yordamçisi bitmagan issiqxonalar uçun pulni ötkazişga Şarof Raşidov tumani hokimi birinçi örinbosarining roziligi kerakligini, unga 1 000 dollar, öziga yana 1 000 dollar bergan taqdirda masalani hal qilib berişini va’da qilgan.
2022 yil 17 oktyabr kuni hokim yordamçisi tadbirkordan talab qilgan 2 000 dollarni Şarof Raşidov tumanidagi avtomobillarga gaz quyiş şoxobçasi oldida öziga tegişli «Nexia» avtomobili salonida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Avvalroq, Qaşqadaryo viloyati Ğuzor tumani hokimi yordamçisi işga joylaştirib qöyiş evaziga fuqarodan 300 dollar olgan vaqtida uşlangandi.
















