Vazirlar Mahkamasining “Don, un va non yetkazib beriş tizimiga bozor mexanizmlarini töliq joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi. 

Hujjatda qayd etilişiça, I nav unning ulgurji va çakana narxlarini ma'muriy tartibda belgilaş narxlarni şakllantirişning tölaqonli bozor mexanizmlarini joriy qiliş imkonini bermayapti va un işlab çiqaruvçi taşkilotlar işlab çiqarilgan va sotilgan har bir tonna undan salkam 900 ming söm zarar körmoqda.

Şunday tartib örnatiladiki, unga köra 2019 yil 15 oktyabrdan:

“Özdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi taşkilotlar tomonidan 2019 yil hosilidan tayyorlangan va un işlab çiqarişga yönaltiriladigan buğdoydan boşqa ğalla iste'molçilarining barça toifalariga faqat birja savdolari orqali heç qanday çeklovlarsiz sotiladi. Bunda, ğallaning boşlanğiç narxi sotuvçi tomonidan amaldagi xarid narxi, tayyorlaş, taşiş, saqlaş va boşqa xarajatlardan kelib çiqqan holda şakllantiriladi;

davlat xaridlari doirasida sotib olingan buğdoyni qayta işlaşdan olinadigan un barça iste'molçilarga heç qanday çeklovlarsiz 100 foiz oldindan tölovni amalga oşiriş orqali oçiq birja savdolarida sotiladi. Bunda, 2019 yil 1 dekabrga qadar Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari tomonidan şakllantirilgan röyxatga kiritilgan qolipli non işlab çiqaruvçi taşkilotlarga, unni birja savdolarida 30 foiz oldindan tölov va yakuniy hisob-kitobni 10 kun içida amalga oşirişga ruxsat etiladi;

un narxi keskin oşib ketişining oldini oliş maqsadida 2019 yil hosilidan tayyorlangan buğdoyning tonnasi un işlab çiqarişga 1 300 ming sömdan ulgurji narxlarda sotiladi. Bunda, buğdoyning örtaça xarid narxi va ulgurji narxi örtasidagi 120 ming söm miqdoridagi salbiy farq Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qoplanadi;

“Özdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi taşkilotlar örtasida un işlab çiqarişga yönaltiriladigan buğdoyning içki aylanmasi qöşilgan qiymat soliğisiz ulgurji narxlarda (1 300 ming söm) hamda tayyorlaş, taşiş va saqlaş xarajatlari hisobga olingan holda amalga oşiriladi.

“Özdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasiga quyidagilar yuzasidan mas'uliyat yuklandi:

Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda donni qayta işlaş taşkilotlari savdo kunlari böyiça tasdiqlangan hajmdagi un va don mahsulotlarining uzluksiz birja savdolariga qöyilişi hamda uşbu mahsulotlarga talab ortganda birja savdolariga qöşimça un va don hajmlarini qöyiş;