O‘zbekiston va Qozog‘iston Urganchdagi forumda qiymati yarim milliard dollarlik kelishuvlarga erishdi
Xorazm viloyati Urganch shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida «Agrosanoat kooperatsiyasi, sanoat va turizm sohasida hududiy biznesning hamkorligi» mavzusida ikkinchi hududlararo forum bo‘lib o‘tmoqda.

Asqar Mamin va Abdulla Aripov/Foto: KUN.UZ
Kun.uz muxbiri xabar berishicha, bugun, 26 fevral kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston bosh vazirlari Abdulla Aripov hamda Asqar Mamin uchrashdi. Hukumat rahbarlarining tor doirada muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
«Bizning asosiy maqsadimiz - savdo aylanmasini 5 mlrd dollarga yetkazish. Bu raqamni yaqin istiqbolda 10 mlrd dollargacha oshirish rejalashtirilgan. Mahalliy mahsulotlarni har ikki davlat bozoriga to‘siqsiz yetkazib berish uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bugun mamlakatimizda Qozog‘iston kapitali ishtirokida 827ta korxona ishlamoqda, faqatgina o‘tgan yilning o‘zida 300dan ortiq yangi korxonalar tashkil etildi.
O‘tkazilayotgan forum hududlarning o‘zaro aloqasi, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, qishloq xo‘jaligi, turizm, ta'lim sohalaridagi loyihalarga erishish uchun o‘ziga xos maydonchaga aylandi. Shuningdek, hududlar o‘rtasida madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyatga ega. O‘tgan yili viloyatlar o‘rtasida aloqalar faollashdi, 12ta o‘zaro tashrif amalga oshirildi, natijada hududlar o‘rtasida savdo hajmi 40 foizga oshdi.
Forumi doirasida umumiy qiymati qariyb yarim milliard dollar bo‘lgan 30dan ortiq kelishuvga erishildi. Hozirgi forum natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, hududlarimiz noyob imkoniyatlar va amalga oshirilmagan ulkan salohiyatga ega», - dedi O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov.
Eslatib o‘tamiz, forum O‘zbekiston – Qozog‘iston o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik, strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, hududlarning sanoat salohiyati va imkoniyatlari to‘g‘risida o‘zaro ma'lumot almashish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik qilish va istiqbolli yo‘nalishlarni belgilab olish maqsadida tashkil etilgan.
Tavsiya etamiz
So‘nggi yangiliklar
-
Saida Mirziyoyeva Shayx Zoid nomidagi «Insoniy birodarlik» nufuzli mukofotining xalqaro hakamlar hay’ati tarkibiga kiritildi
O‘zbekiston | 22:33
-
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 80 dan ortiq o‘lik tyulenlar topildi
Jahon | 22:20
-
Xivada zamonaviy turizm majmuasi - «Arda Xiva» ochildi
O‘zbekiston | 22:15
-
Tramp bilan muzokaralar boshlanganidan keyin rossiyalik milliarderlar 15 mlrd dollarga boyidi
Jahon | 22:09
Mavzuga oid

20:33
Prezident Urganch shahrida jamoat transporti faoliyati bilan tanishdi

14:50
TATU Urganch filiali Urganch davlat universitetiga qo‘shib yuboriladi

14:19
Urganch aeroporti Koreyaning Inchon aeroporti bilan sheriklikda boshqariladi

01:01