Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan 65 bemordan 11 nafari – tibbiyot xodimlari, deb ma'lum qildi Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari bu haqda 26 mart kuni epidemiologik vaziyat va bu borada qilinayotgan işlar yuzasidan kengaytirilgan videoselektor yiğilişida aytib ötdi.

Ta'kidlanişiça, koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolaş paytida virusni yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boşqa xodimlarga bir martalik tölov miqdori 100 million söm etib belgilandi.

Şuningdek, bemorlar bilan işlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirişi natijasida oğir ahvolga tuşgan va soğliği tiklanmagan taqdirda tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boşqa xodimlarga yoki ularning oila a'zolariga 250 million söm tölab beriladi.