Migrantlar tomonidan Rossiya qonunçiligining buzilişi ayrim hollarda ularning mamlakatdan çiqarib yuborilişiga (deportatsiyaga) olib keladi. Çet el fuqarosi noqonuniy ravişda işga kirsa, mamlakatda qonuniy bölişini tasdiqlovçi hujjatlarga ega bölmasa, yaşaş muddatini buzsa, deportatsiya qilinişi, unga Rossiyaga kiriş 5 yoki hatto 10 yilga taqiqlanişi ham mumkin.
Biroq 2023 yil dekabr oyida Rossiya Davlat Dumasi qonunçilikka ayrim hollarda migrantlarni deportatsiya qilişni yengilroq jazo – jarima bilan almaştirişni nazarda tutuvçi tuzatişlarni ma’qulladi. Qaysi hollarda bu mumkin va oxir-oqibat qanday miqdorda jarima tölanadi, bu haqda Asia-Plus tuşuntiriş berdi.
Yangi qoidalar allaqaçon kuçga kirdimi?
Yöq, hali kuçga kirmadi. Hozir özgarişlar «Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga özgartişlar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasiga kiritilgan va körib çiqilmoqda. Qonun qaçon kuçga kirişi noma’lum, çunki u ançadan beri, 2017 yildan beri muhokama qilinmoqda. Biroq, yaqinda «unutilgan» qonun loyihasi faol ravişda qayta körib çiqildi va allaqaçon ikkinçi öqişga yuborildi. Ya’ni, qonun loyihasi qabul qilinişi ança yaqinlaşdi.
Qanday hollarda deportatsiya qarori jarima bilan almaştirilişi mumkin?
Agar sudya deportatsiya hukmini juda qattiq va nomutanosib deb hisoblasa, uni jarima bilan almaştirişi mumkin. Qonunçilikadgi bunday noaniq jumlalar sudyaning ğazabini rahm-şafqatga özgartirişini kafolatlamaydi. Biroq, endi migrantlar sudyani özining yaxşi niyati va qonunbuzarlikning «bir martalik tabiati»ga işontiriş imkoniyatiga ega.
Masalan, bunga soliqlarni vijdonan tölaş, qonunga böysuniş, uy-joyning mavjudligi va boşqalarni tasdiqlovçi dalillarni taqdim etiş orqali erişiş mumkin. Şuning uçun, agar sud tekşiruvi tayinlangan bölsa, unga oldindan tayyorgarlik köriş va mamlakat bilan «döstona» aloqani va qonunga rioya qilinayotganini tasdiqlaydigan barça hujjatlarni töplaş tavsiya qilinadi.
Aynan nima uçun deportatsiya qilinayotgani muhimmi?
Ha. Özgartirişlar Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning bir qator moddalarini nazarda tutadi, ularni buzganlik uçun deportatsiyani jarima bilan almaştiriş mumkin emas. Bu noan’anaviy jinsiy munosabatlarni taşviqot qiliş, jinsni özgartiriş, pedofiliya taşviqoti, deportatsiyadan böyin tovlaş kabi huquqbuzarliklarni öz içiga oladi.

















