Qirğizistonga joriy yilning ilk 9 oyida 5 mlndan köproq sayyoh taşrif buyurgan. Yil oxirigaça esa ularning soni 5,5 mlngaça oşişi kutilmoqda. Bunday ma'lumotlarni  Qirğiziston turizm departamenti direktori örinbosari Çubak Omorov biznesni rivojlantiriş va investitsiyalar böyiça kengaş yiğilişida keltirgan.

Omorovning aytişiça, turizm departamenti mamlakatga keluvçi xorijiy fuqarolarni hisoblaşda BMTning Jahon turistik taşkiloti tomonidan qabul qilingan tasniflaşdan foydalanadi. Ta'kidlanişiça, Turkiya va Gruziyada ham sayyohlar şunday usulda hisoblanadi.

Omorov Qirğizistonga ilk 9 oy içida kelgan umumiy sayyohlarning deyarli yarmi, ya'ni 2,5 mln nafari Özbekistondan taşrif buyurganiga alohida e'tibor qaratgan. Vaholanki, 2017 yilda Qirğizistonga 379 ming özbekistonlik taşrif buyurgan.     

Mutaxassisning ta'kidlaşiça, şu tariqa Özbekiston fuqarolari bu borada Qirğizistonga yaqin va uzoq xorijiy davlatlardan keluvçi sayyohlarni ança ortda qoldirganlar. 

Ma'lum qilinişiça, 2017 yilda Qirğizistonga 2,5 mln xorijiy sayyoh taşrif buyurgan. 

Jahon turistik taşkiloti 2017 yil yakunlariga köra Qirğizistonni yaqin orada mamlakatga keluvçi sayyohlar oqimi keskin oşadigan yetakçi 10 davlat qatoriga kiritgan.