«Article»: Turk seriallari haqida siz bilmagan faktlar
|22:15 / 12.11.202047 26410 min
Istanbul universiteti doktoranti, kinoşunos Otabek Tillayev «ARTICLE» nomi ostidagi turkum maqolalarida kino sohasiga oid fikr-mulohazalarini bildirib boradi. Ruknning dastlabki sonlari özbek teleekranlarida tobora ommalaşib borayotgan turk seriallari mavzusiga bağişlandi.
«Film suratga oliş tik jarlikdan pastga tuşiş degani emas, balki toğ yonbağirlaridan yuksaklikka kötarilişdir», degan edi buyuk rejissyorlardan biri Alfred Xiçkok. Ammo bugungi kunda suratga olinayotgan aksariyat «kinoasar»lar jarlikdan pastga qulayotganini va yöqlik qa'rida izsiz ğoyib bölayotganini köriş mumkin.
Qolaversa, bugun kino san'atidan mafkuraviy-psixologik qurol sifatida foydalanilayotgani ham heç kimga sir emas.
Ötgan hafta Mass-media fondi raisi Komil Allamjonov aksariyat telekanallarimizda asosan xorij seriallari namoyiş etilayotgani, milliy seriallar esa deyarli yöq ekani haqida fikr bildirdi va bu – bugun e'tibor qaratilişi, hal qilinişi lozim bölgan muhim masala ekanini ta'kidladi.
«…Seriallar tomoşabin ongiga töğridan töğri ta'sir körsatuvçi kuçli vosita hisoblanadi. Agar uning me'yori bölmasa, bu ketişda ideologik suverenitetimizni yöqotib qöyişimiz heç gap emas», – deya öz xavotirini bildirdi fond raisi.
Xöş, bu xavotir qançalik örinli? Xorijiy seriallar özbek auditoriyasiga qay darajada xavf solmoqda? Bu xavfning oldini oliş uçun nima qilişimiz kerak? Xorijiy seriallarni körib «diydasi qotgan» avlod ertaga kim böladi?
Boşqa tarafdan, taqiqlar iş beradimi? Har tomonlama sifatli milliy seriallarni yaratiş uçun oldimizda qanday tösiqlar turibdi? Jahon ekranlariga çiqa oladigan milliy seriallarni yaratiş bizga nima beradi? Bu vazifaning uddalanişi davlatimiz iqtisodiyoti va imijiga qanday ijobiy ta'sir ötkazişi mumkin?
Albatta, uşbu savollarning har biri alohida mavzu. Ularning barçasi ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan tadqiqotlarni, fikr-mulohazalarni talab qiladi. Bugungi maqolamizda esa kiriş qismi sifatida turk serialçiligiga oid qator muhim ma'lumotlarga e'tibor qaratamiz.
Turk seriallarini «yotvolib» tomoşa qiladigan faqat bizmi?
Otabek Tillayev
Turkiya hozirga kelib AQŞdan keyingi eng köp serial sotuvçi ikkinçi mamlakatga aylangan.
Bugungi kunda turk seriallari nafaqat Özbekistonda, balki Örta Şarqdan Bolqongaça, Afrikadan Markaziy Osiyogaça, Uzoq Şarq va Janubiy Amerikagaça bölgan juda katta juğrofiy miqyosda namoyiş etiladi.
Mavzuga oid
Aniqroği, turk seriallarini 146 mamlakatda 700 milliondan ziyod insonlar tomoşa qiladi. Turk seriallari eng köp sotilgan va tomoşa qilingan mamlakatlar orasida esa Çili, Meksika va Argentina davlatlari yetakçilik qiladi.
Turkiya bu sohadan qança daromad köradi?
Birgina 2018 yilning özida Turkiya seriallar sotuvidan 500 million dollar miqdorida daromad qilgan. 2023 yilga qadar bu körsatkiçni 1 mlrd dollarga yetkaziş közda tutilgan.
Raqamlar gapirganda...
Xalqaro miqyosda eksport qilingan birinçi turk seriali 1975 yilda yaratilgan «Taqiqlangan sevgi» (Aşk-ı Memnu) seriali bölib, u 1981 yil Fransiyaga sotilgan. E'tibor qiling, Turkiya özining ilk serialini sotganiga hali 40 yil ham bölgani yöq.
Ilk qismi 1999 yilda çiqqan «Telba yurak» seriali Qozoğistonga sotilgan.
2008 yildan e'tiboran turk seriallarining arab dunyosidagi maşhurlik darajasi sezilarli tarzda oşa boşlagan. Masalan, 2008 yil «Kumuş» serialining arabça dublyajdagi sönggi qismi 85 million tomoşabinni qamrab olgan.
«Ming bir keça» nomli serial esa namoyiş etilgan 80ga yaqin mamlakatda mavjud reytinglarni yangilagan holda dunyo e'tiborini jalb qilgan ilk turk serialiga aylangan.
Eng köp xorijiy mamlakatga sotilgan serial esa «Muhtaşam yuz yil»dir. Uşbu serial Yaqin Şarq mamlakatlari, Yaponiya, şu jumladan, yurtimizda ham şuhrat qozongan. Şu tariqa, uşbu kinoasar 70 mamlakatda 500 milliondan ortiq tomoşabinni qamrab olişga erişgan.
Turk seriallariningkeng «quloç oçayotgani»ga sabab nima?
Turk seriallarini özbeklar sevib tomoşa qilişining turli obektiv va sub'yektiv sabablari bor, albatta. Turklar esa buning sababini ikki omil – voqealarning real hayotdan olingani va kartinalarning özbeklar madaniyati hamda tuşunça tarziga mos ekani bilan izohlaşmoqda.
«Sevgi iztirobi», «Muhtaşam yuz yil», «Kösem», «Çuqur», «Içkarida», «Istanbullik kelin», «Gullar iztirobi», «Malikam, endi qara», «Abdulhamid», «Hovli» kabi seriallar özbek tomoşabinlar tomonidan sevib tomoşa qilingani bor gap. Zotan, Özbekistondagi davlat va xususiy telekanallar tomonidan namoyiş etilgan turk seriallari faqat mana şular bilangina çeklanib qolmagan. Ayni paytga qadar «Osiyo», «Arğuvonlar ostida», «Aççiq yolğon», «Zerda», «Işkomli uy», «Kumuş», «Qaşqirlar makoni», «Xinali qor» singari köplab turk seriallari efirlarimiz yuzini körib ulgurgan.
Turk seriallarining dunyo böylab eksport qilinişini yengillaştirgan va ayniqsa, yoşlar e'tiborini tortayotgan asosiy sabablaridan biri şuki, uşbu seriallarning aksariyati nafaqat telekanallarda, balki YouTube, Netflix va Puhu kabi muqobil tomoşa kanallarida ham namoyiş etilmoqda.
Ya'ni internetdagi film va seriallar tomoşasiga ixtisoslaşgan platformalar, 190dan ortiq mamlakatda 150 milliondan ziyod obunaçiga ega Netflix ham turk seriallarining yanada keng «quloç oçiş»ida muhim rol öynamoqda.
Turk seriallari qaysi mamlakatlarda taqiqlangan?
Turk seriallari bugun hatto dunyo siyosatçilarini ham befarq qoldirmayotganini köriş mumkin. Masalan, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro «Ertuğrul» serialini tomoşa qilganini ijtimoiy tarmoqdagi şaxsiy akkauntida yozib qoldirgan; Turkiyaga kelganida esa serial suratga olingan pavilonga borib, u yerni közdan keçirgan.
Maşhur futbolçi Lionel Messi esa ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida farzandlarining «Qora pul sevgisi» teleserialini tomoşa qilganini aytgan.
Iordaniya, Iroq, Qatar, Marokaş, Tunis va Jazoir kabi arab mamlakatlarida eng köp tomoşa qilingan kinoasarlar qatoriga kiruvçi turk seriallari Saudiya Arabistoni va Misrda taqiqlangan. Ammo şunga qaramay, seriallarni uşbu davlatlarda ham internet orqali tomoşa qilişda davom etişmoqda.
Özbekiston uçun ham bu mavzu yangi emas. 2012 yil turk seriallari «milliy qadriyatlarga zid deb topilgani uçun» butunlay töxtatib qöyilgandi. Taqiq beş yil davom etdi va yana turk seriallari namoyişiga ruxsat berildi. Biroq Zör TV xususiy kanalida namoyiş etilayotgan «Sevgi iztirobi» («Kara Sevda») seriali atrofidagi köplab muhokamalar ortidan serial namoyişi töxtatib qöyildi.
Ayni paytda Turkiyada qaysi seriallarga nisbatan e'tiroz bildirilmoqda?
Ta'kidlaş joizki, ayrim seriallar hatto Turkiyaning özida ham keskin e'tirozlarga sabab bölmoqda. Şu bois keyingi paytlarda Turkiyaning asosiy davlat senzurasi turk seriallarini faol ravişda kuzatişni boşladi. Kuzatuvlar natijasida esa bir neçta serial axloq-odob qoidalari, diniy qadriyatlarga zid deb topilgani uçun jarimaga tortilgan, loyiha ijodkorlari esa ogohlantirilgan.
Xususan, «Taqiqlangan olma», «Möjiza doktori», «Janob Xato» kabi seriallar turk jamiyati oilaviy tuzilmasi poydevori ostiga «dinamit» qöyişda ayblanmoqda.
Şuningdek, turk auditoriyasi şafqatsizlik aks etgan sahnalar oldingi planga çiqarilgan seriallarga qarşi munosabat bildiriş barobarida RTÜK (radio va televideniye mahsulotlarini nazorat qiluvçi taşkilot)ga murojaat bilan ham çiqişmoqda. Masalan, «Taqiqlangan olma» (serialda bolalar va yoşlar uçun salbiy rol modellari yaratilgan, muqaddas qadriyatlarga hurmatsizlik qilingan va insoniy munosabatlarning buzilişi odatiy hol sifatida körsatilgan) va «Yangi hayot» seriali (unda oilaviy qadriyatlar yaqqol kamsitiladi, turmuş qurgan erkak oilali ayolni sevib qoladi) jarimaga tortildi. Uzoq davom etişi kutilayotgan uşbu serialning sönggi qismi esa ötgan hafta namoyiş etildi. Ya'ni loyiha muddatidan oldin yakunlandi.
«Sadoqatsiz» seriali böyiça ham şunday fikr bildiriş mumkin. Serial boş qahramonlari ustidan juda köplab şikoyatlar kelib tuşgan. Nazorat qiluvçi taşkilot serialning birinçi qismini namoyiş etmaslik şarti bilan prodyuserlik kompaniyasiga murojaat qilgan. Şunga qaramay, 2020 yil 7 oktabr kuni kartinaning premerasi ötkazildi. Namoyişi ortidan ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari uşbu serial turk axloqiy qadriyatlariga putur yetkazayotganini aytişmoqda. Ularning e'tirozlari RTÜK va Şikayetvar («Şikoyat bor») kabi platformalarda ham aks-sado bermoqda. Minglab odamlar esa serialning efirdan olib taşlanişini talab qilmoqda.
Jiddiy va oğriqli masala – oldinda...
Ayrim turk seriallariga nisbatan hatto Turkiyaning özida ham e'tiroz va tanqidlar kuçayib borayotgan bir paytda telekanallarimizda ularning soni va efir hajmining tobora ortib borayotgani, albatta, kişini öyga toldiradi. Uşbu nuqtada esa yanada jiddiy va oğriqli masala – seriallarning mafkuraviy ta'siri örtaga çiqadi.
Aytiş joizki, «parda orti»dagi jarayonlarni yaqindan kuzatib boriş, ulardan öz vaqtida voqif böliş keyinçalik sahnalaştiriladigan tragik vaziyatlardan bizni ogoh etişi mumkin. Şu bois loyihamizning keyingi sonida ayni mana şu mavzu – ya'ni seriallarning mafkuraviy va axloqiy-psixologik ta'sirlari xususida fikr yuritamiz.