Inspeksiya bayonotida qaysi tarmoqlar haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritilmagan.
“Özbekiston Respublikasi “Şaxsga doir ma'lumotlar töğrisida”gi qonunining 271-moddasi talablariga zid ravişda Özbekiston Respublikasi fuqarolarining şaxsga doir ma'lumotlariga işlov berilayotgani uçun ayrim ijtimoiy tarmoqlar 2021 yil 2 iyuldan “Şaxsga doir ma'lumotlar sub'yektlari huquqlarini buzuvçilar reyestri”ga kiritildi va internet tarmoğida mazkur resursdan Özbekiston Respublikasi hududida foydalaniş örnatilgan tartibda, aniqlangan kamçiliklar bartaraf etilgunga qadar çeklandi”, – deyiladi rasmiy axborotda.
Eslatib ötamiz, bugun, 2 iyul kuni ertalabdan özbekistonliklar Twitter, TikTok, Skype va Vkontakte platformalariga kirişda muammolarga duç kelmoqda.
16 apreldan boşlab “Şaxsga doir ma'lumotlar töğrisida”gi qonunga yangi qöşilgan 27-1 modda kuçga kirgan. Bu moddaga köra, Özbekiston fuqarolarining şaxsiga doir ma'lumotlar jisman Özbekiston Respublikasi hududida joylaşgan serverlarda saqlanişi talab qilinmoqda.
Qonun kuçga kirgaç, “Özkomnazorat” Google, Facebook, TikTok, Telegram va boşqalar doxil Özbekistondagi ommabop internet-servislar ma'muriyatiga ogohlantiriş xatlari yuborgan. Ulardan Özbekiston fuqarolarining şaxsiga oid ma'lumotlarni respublikaga olib kelib saqlaş talab qilinyapti.
Rasmiylarga köra, olib kelinişi talab qilinayotgan şaxsiy ma'lumotlar sirasiga fuqarolar tarmoqda röyxatdan ötiş uçun işlatadigan ism-familiya, telefon raqam va pasport ma'lumotlar kabilar kiradi.
“Özkomnazorat” boşliği Ğolibşer Ziyoyev Kun.uz savoliga javoban şaxsiy yozişmalarni Özbekistonga köçiriş şart emasligini aytgan













