Şavkat Mirziyoyev bugun, 28 iyun kuni qişloq xöjaligiga oid masalalar yuzasidan ötkazilgan selektor söngida avtomobillar oynalarini qoraytiriş masalasiga töxtaldi.
“Har bir islohotimiz, taklif va taşabbuslarimiz, bu – eng avvalo inson qadri uçun. Şu bois, xalqimizga qanday yengilliklar bersak, u bizdan rozi böladi, degan savol barça rahbarlarni har kuni, har daqiqa öylantirişi kerak.
Har gal joylarga çiqqanimda oddiy-oddiy odamlar bilan uçraşib, muammolarini eşitaman, yana qança aholimizda şunday muammolar borligi haqida öylayman va unga yeçim qidiraman.
Ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda kötarilayotgan masalalardan ham xabardorman.
Mana, bugungi kunda mamlakatimizda yengil avtomaşinalar soni 3,5 milliondan oşdi. Haydovçilarimizda ham köplab e’tirozlar töplanib qolgan.
Şu bois, bugun haydovçilar va yölovçilar ançadan beri kutgan, ularning kayfiyatini kötaradigan qarorni imzoladim”, deya Mirziyoyevning sözlarini keltirmoqda prezident matbuot xizmati.
Davlat rahbarining sözlariga köra, 1 iyuldan boşlab:
- avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytiriş tölovlari bekor qilinadi, ya’ni bepul böladi;
- old va orqa yon oynalarni töliq qoraytiriş tölovlari 6 barobargaça arzonlaştiriladi;
- işlab çiqarilganiga 10 yildan köp bölmagan yengil maşinalarni majburiy texnik körikdan ötkaziş tartibi bekor böladi.
Şuningdek, endilikda 10 yildan 15 yilgaça bölgan yengil maşinalar – ikki yilda, 15 yildan ortiq bölganlari esa bir yilda bir marta texnik körikdan ötkaziladi.
“Bu hali boşlanişi. Men prezident maslahatçilari, boş vazir örinbosarlari va vazirlarga topşiriq berganman. Odamlarimizni qiynayotgan, ahamiyatini yöqotgan tartib va çeklovlarni bekor qiliş böyiça Işçi guruhi barça yönalişlarda muntazam işlayapti.
Joylardan tuşgan asoslangan takliflar va yeçimlar böyiça doimiy tarzda xalqimizning foydasiga xizmat qiladigan qarorlar qabul qilib boriladi”, dedi prezident yiğiliş yakunida.
Eslatib ötamiz, ayni paytda (1 iyulgaça) Özbekiston fuqarosi bölgan jismoniy şaxslar uçun avtomobil oynalarini qoraytirişga ruxsat oliş tölovi quyidagiça:

















