Surxondaryo viloyat hokimligi axborot xizmatining xabar berişiça, Olim Boboquloviç Muhammadiyev boşqa işga ötgani munosabati bilan Qiziriq tumani hokimi vazifasidan ozod qilingan.
Şu kungaça viloyat içki işlar boşqarmasi boşliği örinbosari lavozimida işlab kelgan Ilhom Elmurodoviç Yusupov Qiziriq tumani hokimi etib tasdiqlangan.

Foto: Surxondaryo viloyat hokimligi axborot xizmati
Ma'lumot örnida, Ilhom Yusupov 1977 yilning 14 iyunida Şerobod tumanida tuğilgan. 1998 yilda Özbekiston Respublikasi Içki işlar akademiyasi, 2015 yilda Içki işlar akademiyasining Oliy akademik kursini tamomlagan. Ma'lumoti böyiça mutaxassisligi – huquqşunos.
Mehnat faoliyati davomida turli yillarda Jarqörğon tumani IIB bölinma boşliği, Termiz tumani IIB boşliği örinbosari, Denov tumani IIB boşliği örinbosari, Qiziriq tumani IIB boşliği, Denov tumani IIB boşliği, 2020 yildan viloyat IIB boşliği örinbosari lavozimlarida işlagan.
Eslatib ötamiz, bugun Surxondaryo viloyatining Angor tumaniga ham yangi hokim tayinlandi.
















