Surxondaryo va Xorazm viloyati, şuningdek Toşkent şahri «sariq» toifadagi hududlar hisoblanadi. Bu hududlarda sönggi 14 kun davomida koronavirus infeksiyasiga çalinganlar aniqlanmagan, biroq uşbu kasallikka çalingan va davolanayotgan bemorlar mavjud. «Sariq» hududlarda ayrim çeklovlar saqlab qolinadi.

«Sariq» hududlarda, «qizil» hududlarga qöşimça ravişda yana quyidagi faoliyat turlariga ruxsat beriladi:

  • nooziq-ovqat mahsulotlari çakana savdo dökonlari, zargarlik va gul sotiş dökonlari, sartaroşxona va gözallik salonlari (maxsus talablar asosida) hamda mehmonxonalar (hostellar va mehmon uylari bundan mustasno) faoliyati;
  • avtomaşinalar yuviş şoxobçalari faoliyati, avtomobillar, qişloq xöjaligi va quriliş texnikalariga texnik xizmat (servis) körsatuvçi taşkilotlar faoliyati;
  • hunarmandçilik, maişiy jihozlar va elektron qurilmalarni ta'mirlaş ustaxonalari faoliyati;
  • yönalişsiz taksida maxsus talablar asosida yölovçi taşiş, velosiped va skuterda harakatlaniş.

«Sariq» toifadagi hududlarda yönalişsiz taksilarga yölovçi taşişga, sartaroşxona va gözallik salonlari hamda savdo majmualari faoliyat yuritişiga quyidagi talablar asosidagina ruxsat berildi:

Yönalişsiz taksilar – yölovçi taşiş uçun avtotransport vositasi salonida haydovçi örindiği yölovçilar örindiğidan şaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan tösilgan bölişi, haydovçi va yölovçi tibbiy niqobda bölişi (tibbiy niqobsiz yölovçini taşiş taqiqlanadi), yölovçilarni avtotransport vositasi saloni orqa örindiğiga ötkazilişi hamda faqat öz (avtotransport vositasi davlat röyxatidan ötkazilgan) hududida harakatlanişi lozim;

Sartaroşxona va gözallik salonlari – xizmat körsatuvçi şaxslar tomonidan şaxsiy himoya vositalari – tibbiy xalat yoki kombinezon, tibbiy niqob (N 95 yoki ustma-ust 2ta oddiy spanbond niqobli), yuzni töliq tösadigan himoya maskasi va tibbiy qölqopdan foydalangan holda «1ta xizmat körsatuvçi şaxs – 1ta mijoz» tamoyili asosida ijtimoiy masofani saqlagan holda işlaşi lozim;