Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada ma’muriy qamoqqa olingan shaxs 2,5 kv/m’dan ham kichik kamerada saqlanayotganligi aniqlandi
Fuqaroning yaqinlari Ombudsmanga murojaat qilgach, u boshqa kameraga o‘tkazilgan va unga keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini kameraga kiritishgan.
Foto: ombudsman.uz
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili — Ombudsmanning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakiliga fuqaro murojaat qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, murojaatchi Farg‘ona viloyatdagi ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonada saqlanayotgan akasi X.B.ning sharoitlari yaxshi emasligini ta’kidlagan. Ombudsman mintaqaviy filiali bu masala hal qilinganini ta’kidladi.
“Murojaat nazoratga olinib, huquqbuzar X.B.ning saqlanish sharoitlari o‘rganildi. O‘rganish jarayonida u O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida»gi Qonunining 20-moddasi talablariga zid ravishda belgilangan kamida 2,5 kv.m.dan kam bo‘lgan kamerada saqlanayotganligi aniqlandi”, — deyiladi Ombudsman axborotida.
Shu kunning o‘zida X.B. boshqa kameraga o‘tqazilib, murojaat muallifining talablari qanoatlantirilgan. Shuningdek, unga keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlari ham yetkazilishi ta’minlangan.
Rasmiy bayonotda fuqaro nima uchun ma’muriy qamoqqa olingani haqida ma’lumot berilmagan.
“Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida»gi Qonunining 20-moddasiga ko‘ra, ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarga sanitariya va gigiyena normalariga javob beradigan sharoitlar yaratilishi kerak. Shuningdek, kameralar yetarlicha tabiiy va sun’iy yorug‘likka ega bo‘lishi, unda bir kishiga to‘g‘ri keladigan maydonning normasi kamida 2,5 kvadrat metrni, ayollar uchun esa kamida 3 kvadrat metrni tashkil etishi lozim.
Mavzuga oid
22:05 / 27.04.2026
Prezident Marg‘ilondagi “Burhoniddin Marg‘inoniy” turizm majmuasi bilan tanishdi
18:37 / 27.04.2026
Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi
13:42 / 23.04.2026
"Javobgarlar qochib qolishdi" – Farg‘ona sitida tok urgan bolaning ahvoli o‘nglanmayapti
09:14 / 23.04.2026