Toşkent şahar hokimi vazifasini bajaruvçi Baxtiyor Rahmonov Namangan, Surxondaryo, Andijon, Sirdaryo, Buxoro, Samarqand hamda Farğona viloyati hokimliklariga mehmonxona quriş uçun yer maydoni ajratiş haqidagi qarorlarni imzoladi.

Qarorlarga köra, har bir hokimlikka doimiy foydalanişga Mirzo Uluğbek tumanining Çingeldi mahallasi hududidan, aholi punktlari yerlaridan 0,32 gektardan yer maydoni ajratilgan.

Mazkur hududlarda joylaşgan muhandislik tarmoqlarini köçiriş yoki muhofaza hududlarini saqlab qoliş hokimliklarning öz mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.