2020/21 öquv yili uçun OTMlarga qabulda 8694ta imtiyozli grant kvotasi ajratildi. Imtiyozli kvotalar 7 xil toifadagi abituriyentlarga berilmoqda.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Maqsuda Vorisova alohida toifadagi abituriyentlarga imtiyozlar berilişini tanqid qilib çiqdi.
«Yurtimizda millionlab yoş yigit-qizlar könglida bir olam orzu bilan OTMga öqişga kirişni istaydi. Bu yil qanday yangilik bölar ekan, qabul örinlari köpayarmikan, degan savollarga javob topiş ilinjida intizor böladi. Ularning aksariyati öqişga kira olmasa, kelajagi, taqdiri qanday davom etişini bilmay, çuqur xavotirga tuşadi.
Keçagina OAV orqali oliy öquv yurtlariga qabul haqida batafsil axborot berildi. Har tugul qabul örinlari ötgan yilgiga nisbatan oşgani köplab yoşlarni quvontirdi. Lekin, menimça, öqişga kirişda imtiyozlar berilişi töğrisidagi yangiliklar çin dildan öqib, tayyorgarlik körib yurgan yoşlarimizni öylantirib qöydi, hatto qalbini oğritdi. Ularning öylari, oğriqlarini tuşunişimiz kerak», – deb yozadi Maqsuda Vorisova Xalq demokratik partiyasi rasmiy saytidagi maqolasida.

Sobiq senator Özbekiston Konstitutsiyasida barça fuqarolar teng huquqqa ega deya belgilanganiga e'tibor qaratgan.
«Demak, ota-onasi qayerda xizmat qilişi yoki fuqaroning ayrim yutuqlarga ega bölişi Konstitutsiyada belgilangan me'yordan ustun qöyilişi mumkin emas», – deydi u.
Maqsuda Vorisova maktabni oltin medal bilan tamomlagan abituriyentga heç qanday imtiyoz yöqligi, lekin respublika fan olimpiadalari ğoliblariga va Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibalariga imtiyoz berilişini savol ostiga olgan.
«Agar şu tanlovda oliy ta'limga imtihonsiz kiriş imtiyozi bekor qilinsa, tanlovda qatnaşuvçi qizlar tarkibi qanday özgarar ekan?» – deya Zulfiya nomidagi mukofotni nazarda tutib savol qöygan Maqsuda Vorisova.
Deputat sözining davomida organ xodimlarining farzandlariga imtiyoz berilişiga ham qarşi ekanini bildiradi.


















