152 soatdan söng...

Turkiyaning janubi-şarqidagi Adiyaman şahrida opa-singillar – Robiya va Elif Qirmizilar zilziladan 152 soat ötib qutqarildi. Vayronalar ostidan 22 yaşar Robiyaning ovozini eşitib qolgan qutqaruvçilar 8 soat davom etgan qutqaruv işlaridan söng uni yuqoriga çiqarib olişga muvaffaq bölişadi.
Robiya şifoxonaga jönatilganidan yarim soat ötgaç uning 28 yaşar opasi Elif qutqariladi.
159 soatdan söng...

Qutqaruvçilar Ğoziantep şahrining Nurdaği tumanida zilzila natijasida yer bilan yakson bölgan köp qavatli turar joy majmuasi vayronalari orasidan inson ovozini eşitib qolişadi. Uzoq davom etgan qutqaruv jarayonidan söng 17 yaşar Saodat Jöşqin qutqarib olindi.
Vayronalar orasidan zambilda olib çiqilgan Jöşqin tez yordam maşinasida şifoxonaga yetkazilgan.
160 soatdan söng...

Turkiyaning janubida joylaşgan Hatay viloyatining ma’muriy markazi Antakya şahrida vayronalar ostida qolib ketgan ayol tirik holda qutqarildi.
























