Boş prokuratura tomonidan Turizm va sport vazirligida ötkazilgan yiğilişda sport musobaqalarining ğolib va sovrindorlariga oliy ta'lim muassasalariga kiriş imtiyozining berilişi böyiça örganiş natijalari muhokama qilindi.

Idora matbuot xizmati xabariga köra, örganiş davomida oliy ta'lim muassasalariga kiriş uçun imtiyozli asosda tavsiya etilgan 1 921 nafar sportçi kasbiy (ijodiy) imtihondan ötkazilgan.

Biroq iştirokçilarning 213 nafari maksimal ballning 36 foizini ham töplay olmagan bölsa, 41 nafari ijodiy imtihon talablarini umuman bajara olmagan. Bunday holatlar asosan çim ustidagi hokkey (19 nafar), taekvondo (21 nafar), eşkak eşiş (65 nafar) va futbol (70 nafar) sport turlarida kuzatilgan.

Bundan taşqari, imtiyoz asosida talaba bölgan “sportçilar”ning 147 nafari turli bahonalar bilan (masalan, hozir sport bilan şuğullanmay qöygani va hokazo) imtihonlarda iştirok etmagan.

“Milliy çempionatda sovrinli örinlarni egallagan imtiyoz sohiblarining öz yönalişida ijodiy imtihondan öta olmaganligi uşbu musobaqalar va ularning natijalari xususida tegişli xulosa qilişga asos böladi. Sohada berilayotgan imtiyozlarning qonunosti hujjatlarida belgilanayotganligi va köp marotaba özgarayotgani muammolarga olib kelmoqda.

Özbekiston Konstitutsiyaning 18-moddasiga asosan, imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanadi. Hozir sport sohasidagi yutuqlari uçun imtiyozlar 4 ta qonunosti hujjatlarida belgilanib, deyarli har yili imtiyozlarning qöllanişi böyiça yangiça tartiblar belgilangan. Bu boradagi xorijiy davlatlar tajribasi aksariyat mamlakatlarda sport sohasi böyiça imtiyozlar qonunlarda belgilanganini körsatdi”,–  deya Boş prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Şamsuddinovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Avvalroq sönggi uç yilda OTMga imtiyozli ravişda talaba bölganlar soni 5 baravarga ortgani, davlat oliy ta'lim muassasalariga qöşimça davlat granti asosida imtihonsiz qabul qiliş huquqini beruvçi musobaqalar sun'iy köpaytirib yuborilgani aytilgandi