Keça, 14 noyabr kuni Andijon viloyati Böston tumanining örmon xöjaligi hududidagi katta yölda yöl-transport hodisasi sodir bölgani aytilmoqda.
Halokatga uçragan avtomaşinada Andijon tibbiyot institutining 4 nafar talabasi bölgan. Ulardan 3 nafari turli darajadagi tan jarohatlari bilan RŞTYoMning Andijon viloyat filialiga yotqizilgan. Bir nafari, institutning 2-kurs magistri, 1991 yilda Jalaquduq tumanida tuğilgan Ş.A. vafot etgan.
Manbaning ta'kidlaşiça, talabalar institut ma'muriyati talabi bilan Böston tumaniga borib, aholi örtasida “Soğliqni saqlaş tizimi faoliyatini örganiş böyiça” sörovnoma ötkazgan. Hodisa aynan mazkur sörovnomadan qaytayotganda sodir bölgan.

“Magistrlar Tibbiyot instituti ma'muriyati tomonidan dam oliş kunlarida aholi örtasida sörovnoma ötkaziş uçun majburlanmoqda. Mana oqibatda, guldek nobud böldi”, deydi Tibbiyot instituti xodimi.
Talabalarning dam oliş kunlarida sörovnoma ötkaziş uçun yuborilayotganini viloyat soğliqni saqlaş tizimida faoliyat yurituvçi bir neçta manba tasdiqladi.
Kun.uz mazkur masala yuzasidan suriştiruv ötkazişga kirişdi.
















