Foto: Anadolu Agency

248 soat (10 kun 8 soat)dan so‘ng...

Qahramonmarashda zilziladan 248 soat o‘tib 17 yoshli Aleyna O‘lmez qutqarildi. Qutqaruv operatsiyasida ishtirok etganlarning biri Hojar Atlas qizni vayronalar orasidan olib chiqish jarayoni uzoq va mashaqqatli kechganini ta’kidlagan.

Foto: Anadolu Agency
Aleynaning tirik ekanidan xabar topgan yaqinlarining holati Foto: Anadolu Agency

“Avval qo‘llaridan ushlab keyin yuqoriga olib chiqdi. Ahvoli yaxshi edi, muloqot qila olardi”, deya hikoya qilgan Hojar Atlas.

Qahramonmarashdagi shifoxonaga olib borilgan, Shuncha kun och-nahor qolgan qizning holati shifokorlarni hayratga solgan.

“Bu – aql bovar qilmaydigan voqea. U 248 soatdan keyin olib kelindi. Biz uning tana funksiyalari buzilmagani va buyraklari faoliyati yomonlashmaganiga hayron bo‘ldik.

Foto: Anadolu Agency

Uning sog‘lig‘i har soatda yaxshilanib boryapti. Uni Anqaraga jo‘natamiz. Muhimi, hech bir suyagi sinmagan, bus-butun. Barcha a’zolari yaxshi holatda. Faqat zilzila vaqtida biroz jarohat olgan. Asoratlarning oldini olish uchun uni yaxshiroq muhitga yubormoqchimiz”, degan Qahramonmarashdagi shifoxona doktori, professor Chingiz Dilbar.