Nodir Sobiroviç Otajonov Özbekiston Respublikasi Boş vaziri maslahatçisi - «Özagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi etib tayinlandi. Bu ma'lumotni Kun.uz’ga xolding matbuot xizmati tasdiqladi.
Otajonov bu lavozimda 2018 yil martidan buyon işlab kelayotgan Muxtor Akbaroviç Karimov örnida iş boşladi. Muxtor Karimov Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 12 iyul kuni Toşkent qişloq xöjaligi texnikasi zavodiga taşrifidan oldin işdan olingan. Prezident taşrifi vaqtida loyihalar Nodir Otajonov tomonidan taqdim etilgan.
Nodir Otajonov muqaddam boş vazir örinbosari - Taşqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, maşinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta işlaş sanoatini va yengil sanoatni rivojlantiriş, mahsulotlarni standartlaştiriş masalalari kompleksi rahbari bölgan, 2019 yil yanvaridan buyon prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantiriş, investitsiya va taşqi savdo siyosatini amalga oşiriş masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari lavozimida işlab kelayotgan edi.
«Özagrotexsanoatxolding» AJ matbuot xizmati bergan ma'lumotlarga köra, jamiyat tizimidagi korxonalar 2019 yilning birinçi yarmi uçun öz oldiga qöygan eksport rejasini 109 foizga bajargan. Eksportning asosiy qismini traktorlar, kombaynlar, zamonaviy qişloq xöjaligi texnikalari hamda maxsus texnikalar taşkil qiladi.
Xolding Belarusning «MTZ» OAJ bilan imzolangan hamkorlik şartnomasi asosida 2019 yilning ikkinçi yarmida işlab çiqariş hajmini ikki barobarga oşiradi. Unga köra, iyun va avgust oylarida TTZ-811 rusumli traktordan 1000ta, yangi model - 4 ğildirakli TTZ-812dan esa 500ta işlab çiqariladi. Qolaversa, «Toşkent qişloq xöjaligi texnikasi zavodi» AJda dunyoga maşhur «JOHN DEER» brendi ostidagi zamonaviy traktorlardan 200ta işlab çiqariladi. Hozirda şu va boşqa rusumli zamonaviy traktorlar uçun buyurtmalar qabuli boşlangan.
Ma'lumot uçun, «Özagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 17 noyabrdagi PF-4857-sonli farmoniga muvofiq taşkil etilgan.
Jamiyat rivojlanişining ustuvor yönalişlari etib quyidagilar belgilangan:

















