O‘zbekiston | 15:39 / 17.01.2022
87287
2 daqiqa o‘qiladi

«UzAuto Motors» AJ birja orqali sotiladi

Prezident qaroriga ko‘ra, 8ta aksiyadorlik jamiyatidagi davlat ulushi birja orqali sotiladi.

Foto: Kun.uz

«Kapital bozorini qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2022 yil 1 apreldan 2024 yil 31 dekabrgacha:

  • O‘zbekiston rezidenti va norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslarning aksiyalardan olgan dividendlari daromad solig‘idan ozod qilinadi;
  • norezident yuridik shaxslarning aksiyalar bo‘yicha dividendlari uchun foyda solig‘ining 5 foiz stavkasi tatbiq etiladi;
  • rezident va norezident jismoniy va yuridik shaxslarning xo‘jalik jamiyatlari obligatsiyalari bo‘yicha daromadlari daromad solig‘i va foyda solig‘idan ozod qilinadi.

Shuningdek, bir qator aksiyadorlik jamiyatlari birja orqali sotiladi:

IPO (ingliz tilidan olingan –Initial Public Offering) – aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini birlamchi oshkora taklif etish degan ma’noni bildiradi. Ya’ni aksiyalarning cheklanmagan shaxslar orasidagi dastlabki sotuvi va dastlabki taklif qilinishidir. IPO’ni o‘tkazishdan asosiy maqsad korxonani rivojlantirish uchun keng doiradagi investorlardan kapital jalb qilish hisoblanadi.

SPO (ingliz tilidan olingan -Secondary Public Offering) – bu mavjud aksiyadorlarga tegishli aksiyalarning ikkilamchi ommaviy tarzda joylashtirilishidir. Bunda korxonaning muayyan aksiyadori yoki aksiyadorlariga tegishli bo‘lgan aksiyalar ommaviy ravishda taklif etiladi.

Avvalroq, O‘zbekiston iqtisodiy forumida bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov mamlakatdagi xususiylashtirish jarayonlariga to‘xtalib, 2023 yilgacha 10ta, 2025 yilgacha esa yana 20ta eng yirik kompaniyada IPO o‘tkazish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgandi.

Mavzuga oid