Davlat banklarining Toshkent City'dagi binolari sotuvga qo‘yildi
SQBning 33 qavatli, Asakabank va Aloqabankning 26 qavatli binolari (biznes markazlar) sotiladi. Investorlarning qiziqishiga qarab, binolar to‘liq yoki lotlarga bo‘lgan holda sotilishi mumkin.
Davlatning uchta banki – Asakabank, O‘zsanoatqurilishbank va Aloqabankning Toshkent City'dagi yangi ko‘p qavatli binolari (biznes markazlar) ommaviy savdolar orqali sotiladi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi e’lon qildi.
Sotilayotgan aktivlar quyidagilar:
- O‘zsanoatqurilishbank binosi: jami 33 qavat, umumiy maydoni 82,284 kv.m.;
- Aloqabank binosi: jami 26 qavat, umumiy maydoni 81,439 kv.m;
- Asakabank binosi: jami 26 qavat, umumiy maydoni 66,202 kv.m.
Sotish jarayonini tashkil etish bo‘yicha konsultant – KPMG. Davaktiv agentligi tijorat banklari (aktiv egalari) va konsultant harakatlarini muvofiqlashtiradi.
Hozirgi bosqichda konsultant tomonidan investorlarning mazkur aktivlarni sotib olishga bo‘lgan qiziqishlari o‘rganiladi, aktivlar to‘g‘risida tayyorlangan investitsion tizerlar sohadagi investorlarga, shu jumladan xalqaro investorlarga yuborilib, ular bilan individual muloqotga kirishiladi.
Investorlarning qiziqishlari, shuningdek sotib olish shakli, ya’ni binoni to‘liq sotib olish yoki lotlarga bo‘lgan holda sotib olish bo‘yicha fikrlarini o‘rganish orqali sotishga yondashuv mexanizmi ishlab chiqiladi.
“Davaktiv agentligi va tijorat banklari sotish jarayonining ketma-ketligini o‘zgartirish yoki potensial xaridorga (xaridorlarga) sotishni yoki sabablarini tushuntirmasdan istalgan vaqtda ular bilan muzokara olib borishni rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladi”, – deyiladi e’londa.
Mavzuga oid
10:51
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
09:59
Britaniyaning eng yirik banki Rossiyadan to‘lovlarni qabul qilishni to‘xtatdi
17:02 / 22.11.2024
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
15:28 / 22.11.2024