“Butunjahon turizm taşkiloti (UNWTO) şafeligidagi Xalqaro turizm akademiyasini taşkil etiş töğrisida” hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Butunjahon turizm taşkiloti (UNWTO) bilan hamkorlikda “Ipak yöli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzurida Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi taşkil etilgan hamda akademiyada yuqori malakali kadrlar tayyorlaş maqsadida har yili davlat budjeti hisobidan mablağlar ajratib borilişi belgilangan.

Belgilanişiça:

  • akademiyada ta’lim dasturlariga oid öquv va amaliy maşğulotlarni ötkaziş uçun zarur xomaşyolarni xarid qiliş uçun “Ipak yöli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining söroviga köra har yili davlat budjetidan tegişli mablağlar ajratiladi;
  • Butunjahon turizm taşkiloti (UNWTO)ga a’zo davlatlarning fuqarolariga akademiyada joriy etilgan öquv kurslarida davlat granti asosida ta’lim oliş uçun har yili 100 ta örin ajratiladi.

Quyidagilar akademiyaning asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari etib belgilanadi:

  • respublikaning turizm tarmoğini rivojlantirişga zarur bölgan kadrlarni malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş;
  • xalqaro e’tirof etilgan xorijiy oliy öquv yurtlarining yetakçi professor-öqituvçilarini jalb qilgan holda, mehmondöstlik sohasida kadrlar, xususan, boşqaruv kadrlarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş böyiça hamkorlikda dasturlarni (joint programs) amalga oşiriş;
  • aholining turizm sohasiga oid tadbirkorlikka qiziqişi bölgan qatlamlarini öqitişni taşkil etiş;
  • turizm sohasida faoliyat yurituvçi sub’yektlar xodimlari faoliyatiga oid öquv materiallarini (jumladan, elektron şaklda) tayyorlaş;
  • turizm sohasida amaliy va innovatsion tadqiqotlar hamda zamonaviy talablar asosida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaş.

Akademiya faoliyatini moliyalaştiriş:

  • Özbekiston davlat budjetidan ajratiladigan mablağlar;
  • davlat ilmiy dasturlarini amalga oşiriş uçun ajratilgan Özbekiston davlat budjeti mablağlari;
  • Turizmni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi;
  • ilmiy-tadqiqot, axborot-tahlil işlarini amalga oşirişdan, şartnoma asosida bajariladigan ta’lim va boşqa xizmatlardan tuşadigan mablağlar;