Özbekistonning «Ohangaronsement» zavodi AQŞ yangi sanksiyalariga uçradi. Şuningdek, 2022 yil boşida zavodning 98,6 foiz aksiyasini sotib olgan, Alişer Usmonovning USM holdingi tomonidan taşkil etilgan Akkermann Cement CA ham çeklovlar ostida qoldi. Bu haqda AQŞ Moliya vazirligi saytida ma’lum qilindi.

2021 yil may oyida Kiprning Lamanka Enterprises kompaniyasi «Ohangaronsement» zavodi ustav kapitalidagi 84,197 foiz uluşni sotib olgandi. Bitim summasi 557,6 milliard sömga baholangan edi. 2022 yil yanvar oyida Britaniya Virjiniya orollarining Giacinttar va Lamanka Enterprises kompaniyalari «Ohangaronsement»dagi uluşlarini 1,88 trillion sömga sotganini e’lon qildi. Keyinçalik xaridor Alişer Usmonovning USM holdingi tomonidan taşkil etilgan Akkermann Cement CA ekani ma’lum bölgandi.

AQŞ Moliya vazirligining Çet el aktivlarini nazorat qiliş boşqarmasi (OFAC) yangi sanksiyalar röyxatiga kiritilgan bir qator kompaniyalar, jumladan Akkermann Cement CA bilan operatsiyalarni 11 iyulgaça tugatiş talabini qöygan.

OFAC jismoniy va yuridik şaxslarni milliy xavfsizlik, taşqi siyosat va sanksiyalar maqsadida uşbu röyxatga (SDN List) joylaştiradi. SDN röyxatidagi kompaniyalarning aktivlari bloklanadi. Amerika fuqarolari va şaxslariga ular bilan har qanday biznes yoki bitimlar olib boriş taqiqlanadi.

AQŞ hukumatining yangi sanksiyalar paketidan rossiyalik milliarder Alişer Usmonovga qaraşli USM holdingi hamda uning tarkibidagi «Metalloinvest», «Megafon» kompaniyalariga qarşi çeklovlar ham joy olgan.

«Ohangaronsement» haqida

«Ohangaronsement» zavodi ötgan asr örtalarida taşkil etilgan. 1970 yilda zavod, 1980 yilda işlab çiqariş birlaşmasiga aylandi. 1994 yilda xususiylaştirilib, aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. Uzoq vaqt davomida korxonaning asosiy egasi Zeromax edi. 2006 yilda Rossiyaning «Yevrosement» kompaniyasi undan 75,5 foiz uluşni sotib oldi. Keyinçalik bu uluş 83,9 foizga yetkazildi. 2020 yilda «Yevrosement» qarzlari uçun Sberbank nazoratiga ötdi va sotuvga qöyildi.

«Ohangaronsement» 2020 yilda Özbekistondagi eng yirik soliq tölovçilardan biri bölgan va bozorda ustun maqomga ega kompaniyalardan hisoblanadi