Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Talabalar va o‘quvchilar partalarga qaytadi
7 fevraldan boshlab umumta’lim maktablari, professional, kasb-hunar ta’lim va oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayoni an’anaviy shaklga o‘tkaziladi.
Foto: Kun.uz
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda o‘quv jarayonlari an’anaviy shaklga o‘tkazilishi haqida ma’lum qildi.
«So‘nggi kunlarda yurtimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati kamayayotgani kuzatilmoqda.
Kasallikning tarqalganlik darajasi 0,8 ni tashkil etmoqda (JSST ekspertlari xulosasiga ko‘ra bu ko‘rsatkich 1,0 gacha bo‘lsa vaziyat barqarorligini anglatadi).
Shuningdek, statsionardan chiqarilayotganlar sonining statsionarga yotqizilayotganlar soniga nisbatan hamda karantindan chiqarilayotganlar sonining karantinga olinayotganlar soniga nisbatan ham ijobiy tomonga siljish kuzatilmoqda.
Kasallikning yuqtirib olish manbayi 35-43 foiz holatda kasallangan oila a’zosi yoki qarindoshlari, 6-7 foiz holatda bemor ko‘shnilari, 10-12 foiz holatda jamoat joylaridagi muloqot va 4-5 foiz holatda ish joyidagi muloqot ekani aniqlanmoqda.
Tahlillariga ko‘ra, bog‘cha yoshidagi (3-6 yosh) bolalar o‘rtasida kasallanish, uy qaramog‘idagi shu yoshdagi bolalarga nisbatan (3-3,5 marta) kam uchramoqda», deyiladi xabarda.
Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ushbu jihatlar inobatga olinib, bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, 2022 yil 7 fevraldan boshlab umumta’lim maktablari, professional, kasb-hunar ta’lim va oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayoni an’anaviy shaklga o‘tkaziladi.
Bunda, barcha ta’lim tashkilotlarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish va antiseptik vositalardan muntazam foydalanish talab etiladi.
- O‘zbekistonda maktablar va oliy ta’lim muassasalarida yanvar oyi boshida qishki ta’til 24 yanvargacha uzaytirilgandi (odatda 11 yanvargacha bo‘ladi), 24 yanvardan esa mamlakatdagi epidemiologik vaziyat tufayli o‘qishlar keyingi bir oy davomida masofadan davom ettirilishi ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid
23:27 / 17.01.2026
AQShdagi o‘qituvchilar xavotirda: zumerlar o‘qishni unuta boshladi
18:25 / 13.01.2026
Harbiy xizmatni o‘taganlarga foizsiz ta’lim krediti beriladi
20:04 / 01.01.2026
Yangi O‘zbekiston universitetining kampusi 200 mln dollarga baholanmoqda
09:39 / 31.12.2025