Rossiya, Özbekiston va Qozoğiston energiya bozorlarining özgaruvçanligidan xavotirda, dedi Rossiya TIV MDH mamlakatlari Uçinçi departamenti rahbari Aleksandr Sternik. Uning sözlariga köra, bu borada uç davlat taşqi bozorlarda öz pozitsiyalarini muvofiqlaştiriş niyatida.
«Biz Özbekiston va Qozoğistonlik hamkorlar bilan muloqotdamiz. Energiya bozorlarining özgaruvçanligi, raqobatçilarimiz qöllayotgan «taqiqlangan nayranglar», şuningdek, mintaqadagi haroratning anomal tebranişlari hammani taşvişga solmoqda», dedi Sternik.
«Tomonlar özaro manfaatli asosda öz energetika xavfsizligini mustahkamlaş, taşqi bozorlardagi pozitsiyalarini muvofiqlaştiriş, jumladan, bir-biriga va uçinçi davlatlarga gaz yetkazib beriş niyatida», deb qöşimça qildi u.
2023 yil yanvar oyida «Gazprom» Qozoğiston va Özbekiston bilan gaz sanoati sohasida hamkorlik böyiça ikki tomonlama yöl xaritasini imzoladi. Unda Rossiyadan gaz tranzitini Qozoğiston, Özbekiston va Turkmaniston orqali ötuvçi «Markaziy Osiyo – Markaz» gaz quvurlari tizimi orqali amalga oşirişni nazarda tutadi. Ta’minot 2023 yil 1 martdan boşlanişi rejalaştirilgan.

















