Özbekiston Oliy Majlis Senati 13 dekabr kuni bölib ötgan majlisda 2017 yilgi davlat byudjyetini tasdiqladi. Özbekiston boş vazirining birinçi örinbosari va Özbekiston Moliya vaziri Rustam Azimov Oliy Majlisning quyi palatasi tomonidan tasdiqlangan byudjyet loyihasini senatorlarga taqdim etgan.
Byudjyet defitsiti (byudjyet daromadi va xarajatlari orasidagi farq) 2017 yilda YaMMning 1 foizi, ya'ni 2,4 trln sömni (750 mln dollar) taşkil etişi kutilmoqda.
2017 yilda byudjyet daromadi YaIMning 19,2 foizini, ya'ni 44,5 trillion sömni (14 mlrd dollar), xarajatlar esa YaIMning— 20,2 foizini yoki 46,9 trillion sömni (14,7 mlrd dollar) taşkil qiladi.
Azimovning ma'lumotiga köra, 2017 yilda Özbekiston iqtisodiga soliq bosimi kamayadi: 2016 yildagi 20,2 foizdan 18,9 foizgaça.
Şunga qaramasdan, YaIM hajmi ösişi kutilmoqda.
Davlat byudjyetini hisoblaşda kelasi yil iqtisodiyotda kutilayotgan 7,8 foizga ösişi hisobga olingan.
2017 yilda Özbekiston iqtisodiyotning sanoat sohasida – 8 foizlik ösiş, qişloq xöjaligi sohasida – 6,2 foiz, kapital sarmoyalar sohasida – 9,6 foizlik ösiş kutilmoqda.
Ma'lumot uçun, 2016 yilgi davlat byudjyeti ham 1 foiz defitsit bilan hisoblangandi.

















