Navoiy viloyat prokuraturasi tomonidan Zarafşon şahar hokimligi mansabdor şaxslariga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Hokimlik mansabdorlari qiymati 11 mlrd sömdan ortiqni taşkil qiluvçi 5,31 gektar yer uçastkalarini 7 nafar tadbirkorga ajratib beriş orqali davlat mulkini özlaştiriş yoki rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qilişda gumonlanmoqda.

Uşbu iş ortidan şahar hokimi Anvar Rajabov ham tergovga çaqiruv qoğozi olgan.

Kun.uz ixtiyoriga kelib kelib tuşgan ma’lumotga köra, hokimning sobiq örinbosari A.F. mazkur iş doirasida Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismida körsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda gumonlanuvçi tariqasida tergovga jalb qilingan.

Tergovni Navoiy viloyati prokuraturasining uyuşgan jinoyatçilik va korrupsiyaga qarşi kuraşiş bölimi olib bormoqda.

Şahar hokimligidagi manba taqdim etgan hujjatga köra, 2017 yil mart oyidan 2021 yil iyuniga qadar Zarafşon şahar hokimining örinbosari lavozimida işlagan A.F. şahar hokimi Anvar Rajabov va boşqa mansabdor şaxslar bilan özaro til biriktirgan holda şahar hokimining 2020 yildagi qarorlari bilan jami 5,31 gektar yer uçastkasini biror bir tölovsiz davlat-xususiy şerikçiligi asosida 7 nafar tadbirkorga ajratib bergani, şahar hokimining sobiq örinbosari yer uçastkalarini doimiy foydalanişga auksion orqali ajratilişi lozimligini bilgani holda unga amal qilmay mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda gumonlanyapti.

Ötgan yilning avgustida Kun.uz Zarafşon şahar prokuraturasi şahar hokimining 2021 yil aprel-may oylaridagi 59 ta farmoyişini haqiqiy emas deb topiş yuzasidan sudga ariza kiritgani haqida xabar bergan edi. Biroq prokuratura mazkur iş böyiça apellyatsiya sudida ham yutqazgandi.

Viloyat prokuraturasining intizomiy javobgarlik töğrisida iş qözğatiş haqidagi qarori asosida viloyat hokimi 2021 yil 27 dekabrdagi farmoyişi bilan Zarafşon şahar hokimi Anvar Rajabovga örtaça oylik iş haqining 30 foizi miqdorida intizomiy jazo qöllanilgandi.