Mingbuloq tumaniga yangi hokim tayinlandi
Ahror Mansurov bungacha To‘raqo‘rg‘on tumaniga rahbarlik qilib kelayotgandi.
7 avgust kuni xalq deputatlari Mingbuloq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi.
Sessiyada Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov kun tartibidagi masala yuzasidan ma’ruza qildi.
Viloyat rahbari keyingi yillarda Mingbuloq tumanida olib borilgan ishlar, erishilgan yutuqlar barobarida, islohotlarni amalga oshirishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni sohalar bo‘yicha birma-bir tahlil qildi.
Deputatlar Namangan viloyati hokimining Mingbuloq tumani hokimi Nurshod Nurmamatovich Xudoyberdiyevni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarorini bir ovozdan ma’qulladi.
«Sessiyada hududni rivojlantirish, odamlarning bugunidan rozi bo‘lib yashashlariga erishish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar belgilab berildi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun tumanga yangi hokim zarurligi ta’kidlandi.
Deputatlar Namangan viloyati hokimining Ahror Ahmadaliyevich Mansurovni Mingbuloq tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qarorini bir ovozdan tasdiqlagan.
Ahror Mansurov 1988 yilda Mingbuloq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2013 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2013 yilda Mingbuloq tumani davlat notarial idorasi notarius yordamchiligidan boshlagan.
Shuningdek, Namangan viloyati adliya boshqarmasida turli vazifalarda, viloyat hokimligining axborot-tahlil guruhi bosh mutaxassisi, guruh rahbari, Prezident administratsiyasi yetakchi inspektori, Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari — mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i vazifalarida faoliyat yuritgan.
- Ahror Mansurov 2022 yil martida viloyat hokimi o‘rinbosarligidan To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligiga o‘tkazilgandi.
- Mingbuloq tumaniga 2019 yil martidan buyon rahbarlik qilib kelgan Nurshod Xudoyberdiyev 2024 yil iyulida prezident raisligidagi yig‘ilishda lavozimidan ozod etilgandi.
Mavzuga oid
19:52 / 19.11.2024
To‘raqo‘rg‘onda ota turmushga chiqishni rad qilgan qizini bo‘g‘ib o‘ldirdi
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024