Özbekiston Jahon banki bilan 296 mln dollar miqdorida 4 ta bitim imzoladi. Bu haqda boş vazir örinbosari Jamşid Qöçqorov Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Jahon banki bilan Özbekistonda ijtimoiy obektlarda energiya samaradorligini oşiriş uçun 143 mln dollar, barqaror örmonçilik va örmon landşaftlarini tiklaş loyihasi uçun 142 mln dollarlik qarz bitimlari imzolangan.
“Şuningdek, ikkinçi loyiha doirasida tadbirlar va konsultativ xizmatlarni moliyalaştiriş uçun yana 2 ta: 8 mln va 3 mln dollarlik grant bitimlari imzolandi.
Uşbu bitimlar yurtimizda yaşil energiyadan keng foydalaniş hamda ekologik toza muhitga erişişga xizmat qiladi”, - deydi Jamşid Qöçqorov.
Ijtimoiy obektlarda energiya samaradorligini oşiriş uçun 143 mln dollarlik qarz bitimi “Özbekiston binolari uçun toza energiya” loyihasi doirasida imzolangan.
Aprel oyi boşida Jahon banki iştirokidagi “Özbekiston binolari uçun toza energiya” loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident qarori imzolangandi.
Hujjatda loyihani amalga oşiriş uçun Jahon banki tomonidan Özbekistonga 143 mln dollar qarz ajratilişi nazarda tutilgandi.
Şunday qilib, bu qarz mablağlari Özbekistonga 30 yil muddatga, şu jumladan 5 yillik imtiyozli davr bilan ajratilgan.
Loyiha doirasida maktabgaça, maktab va soğliqni saqlaş sohalarida 800 dan ziyod muassasalarni modernizatsiya etiş rejalaştirilgan.
Bundan taşqari, loyiha quriliş mollarini (issiqlik izolyatsiya materiallari, quvurlar, eşik va oyna romlari, quriliş materiallari) va uskunalarni (qayta tiklanuvçi energiya manbalari qurilmalari, isitiş tizimi, isitiş qozonlari va h.k.) sotib oliş; quriliş-montaj işlari; energiya audit xizmatlarini ham öz içiga oladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligining xabar berişiça, Jahon banki delegatsiyasi bilan uçraşuvda “Qişloq infratuzilmasini rivojlantiriş” loyihasi ham muhokama qilingan.

















