El Siglo de Torreon naşri xabariga köra, jabrlanganlar orasida beş nafar erkak, bir ayol va voyaga yetmagan bola bor.

Naşrning yozişiça, ular avtobusda Meksikaning şimoli-ğarbiy qismidagi Quyi şimoliy Kaliforniya ştatiga ketayotgan paytida, Gomes-Palasio şahrida töxtaş vaqtida hujumga uçragan. 

Jinoyatçilar özbekistonliklardan 1200 dollar talab qilişgan, fuqarolarda esa pul bölmagan. Şu bois noma’lum şaxslar jabrlanuvçilarni şaxsiy uyga olib kelib, pul talab qilgan. 

Huquq-tartibot idoralari özbekistonliklarni ozod etib, himoya va yordam körsatiş uçun milliy migratsiya institutiga yuborgan. 

Özbekistonning AQŞdagi elçixonasi va Taşqi işlar vazirligi yuqoridagi ma’lumotlarga hozirça izoh bermagan.