Navoiy viloyati prokurori Baxtiyor Ahmedov Boş prokuraturaning Ijtimoiy sohada qonunçilik ijrosi ustidan nazorat boşqarmasi boşliği örinbosari lavozimiga tayinlangan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat prokuraturasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Azamat Mirzayev esa Navoiy viloyatining yangi prokurori böladi.

Ma’lumot uçun, Baxtiyor Ahmedov 1976 yilda Sirdaryo viloyatida tuğilgan. 1998 yilda Toşkent davlat yuridik institutini huquqşunos mutaxassisligi böyiça tamomlagan.

1998–2001 yillarda Yangiyer şahar prokuraturasi iş örganuvçisi, yordamçisi, katta tergovçisi, 2001–2002 yillarda Sirdaryo viloyati prokuraturasi içki işlar idoralarida Tergov va suriştiruv ustidan nazorat qiliş bölimi prokurori vazifasini bajaruvçi, bölim prokurori, 2002–2006 yillarda Sirdaryo viloyati prokurorining voyaga yetmaganlar haqidagi qonunlar ijrosi ustidan nazorat böyiça katta yordamçisi sifatida işlagan.

2006–2008 yillarda Prokuratura organlarida tergovni nazorat qiliş boşqarmasi tarkibidagi axborot tahlil bölimi prokurori bölib faoliyat körsatgan. 2008–2017 yillarda Sirdaryo viloyati prokuraturasida turli lavozimlarda işlagan. Ahmedov 2017–2018 yillarda Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Sirdaryo viloyati boşqarmasi boşliği, 2018–2019 yillarda Navoiy viloyati prokurorining örinbosari, 2019 yildan 2020 yilga qadar Sirdaryo viloyati prokurori örinbosari sifatida faoliyat yuritgan. 2020 yil 26 noyabrda Navoiy viloyati prokurori lavozimiga tayinlangandi.