Navoiyda maktablar xodimlari shanbalikka chaqirildi. Boshqarma holatga munosabat bildirdi
Navoiy viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Marat Shamuratov barcha tuman va shahar xalq ta'limi bo‘limi mudirlariga 23-24 iyul kunlari maktablarda shanbalik o‘tkazib, obodonlashtirish va tozalik ishlarini tashkillashtirish bo‘yicha topshiriq berdi.
Kun.uz manbasining xabar berishicha, ushbu topshiriq Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov Xatirchi tumanidagi maktablar ahvolini o‘rganganidan so‘ng, boshqarma boshlig‘i tomonidan berilgan.
Kun.uz'ga taqdim qilingan skrinshotda boshqarma boshlig‘i Marat Shamuratov Telegram tarmog‘i orqali hududdagi barcha xalq ta'limi bo‘limi mudirlari va ta'lim muassasasi rahbarlariga viloyat hokimi Qobul Tursunov tomonidan Xatirchi tumanidagi maktablarda olib borilayotgan ishlar qoniqarsiz deb topilganini ma'lum qilgan.
“O‘rganish vaqtida viloyat rahbari tomonidan ta'lim muassasalarida olib borilayotgan ishlar qoniqarsiz deb topilib, juda katta va haqli e'tirozlar bildirildi. Xususan, muassasalar hududlarida mol, qo‘y va echkilar oralab yurgani, maktablarda hamma narsa o‘z holiga tashlab qo‘yilgani, muxtasar aytganda, hamma tomoshabinligi aytib o‘tildi.
Shu munosabat bilan sizdan barcha ta'lim muassasalarida tozalik, obodonlashtirish ishlarini olib borish, muassasalarning kirish qismiga “hamisha bahor” gul ko‘chatlarini ekishingizni so‘rayman.
Shuningdek, ta'lim muassasalarida 23-24 iyul kunlari shanbalik kunlari sifatida muassasalarda obodonlashtirish va tozalik ishlarini tashkillashtirishingiz so‘raladi”, – deyilgan boshqarma boshlig‘ining topshirig‘ida.
Holatga Navoiy viloyati XTB munosabat bildirdi. Unda ta'kidlanishicha, topshiriq ayni paytda mehnat ta'tilida bo‘lmagan texnik xodimlarga tegishli bo‘lgan.
«Mazkur topshiriq ayni paytda mehnat ta'tilida bo‘lmagan texnik xodimlarga tegishli. Manzilli dasturlar asosida va joriy ta'mirlanayotgan umumta'lim maktablarida direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari va yordamchi texnik shtatlardagi xodimlar grafik asosida, navbat bilan mehnat ta'tiliga chiqishi belgilangan. Ish joyida bo‘lgan hamda mehnat ta'tilidan qaytgan texnik xodimlarni shanbalikka jalb etish, maktablarga tegishli hududlarda tozalash, obodonlashtirish ishlarini o‘tkazish nazarda tutilgan», — deyiladi boshqarma munosabatida.
Kun.uz kecha, 22 iyul dam olish kuni bo‘lishiga qaramay, mehnat vaziri bosh vazir yig‘ilishiga chaqirilgani, Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi videoselektor o‘tkazayotgani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
16:07 / 03.12.2024
Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
19:25 / 02.12.2024
Navoiyda pora olgan IIB xodimi ozodlikdan mahrum qilindi
12:16 / 01.11.2024
Navoiyda odamlar daromadini ko‘paytirish masalasi ko‘rib chiqildi
21:27 / 31.10.2024